Xamas: “Isroil hujumlarini butunlay to‘xtatmas ekan, mahbuslar almashilmaydi”.

Xamas, Isroil hujumlarini butunlay to‘xtatmas ekan mahbuslar almashinuvi bo‘yicha hech qanday muzokara jarayoniga kirmasliklarini bildirdi.

2077451
Xamas: “Isroil hujumlarini butunlay to‘xtatmas ekan, mahbuslar almashilmaydi”.

Xamas, Isroil blokadasi ostidagi G‘azo sektoriga qarshi uyushtirilgan hujumlar butunlay to‘xtamas ekan mahbuslar almashinuvi bo‘yicha hech qanday muzokara jarayoniga kirmasliklarini bildirdi.

Xamas tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, “Xamas xalqimizga qarshi uyushtirilgan hujumlar butunlay to‘xtamas ekan, mahbuslar almashinuvi bo‘yicha hech qanday muzokara jarayonini ochmasligi haqidagi pozitsiyasini tasdiqlaydi”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bayonotda, Xamasning bu munosbati o‘rtamchilarning hammasiga yetkazilgani ham qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz:

Isroilning “KAN” milliy telekanali, Tel - Aviv yetakchiligining blokada ostidagi G‘azo sektorida ushlab turilgan isroillik mahbuslarni ozod qilish bo‘yicha yangi taklif ustida ishlayotganini ma’lum qilgandi.



Aloqador xabarlar