Isroil hujumlarida halok bo'lgan falastinliklar soni 16 mingdan oshdi

Isroil armiyasi G‘azoning markaziy qismidagi An-Nuseyra va Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerlari, shimoldagi Jibaliya qochqinlar lageri shuningdek, Xon Yunis va Rafah shaharlariga hujumlarini davom ettirmoqda.

2073663
Isroil hujumlarida halok bo'lgan falastinliklar soni 16 mingdan oshdi

 

Isroil armiyasining G'azo sektoriga uyushtirgan hujumlarida halok bo'lgan falastinliklarning soni 16 ming 248 nafarga yetdi. Ulardan 7 ming 112 nafari bolalar, 4 ming 885 nafari ayol.

Falastinning WAFA axborot agentligi xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi G‘azoning markaziy qismidagi An-Nuseyra va Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerlari, shimoldagi Jibaliya qochqinlar lageri shuningdek, Xon Yunis va Rafah shaharlariga hujumlarini davom ettirmoqda.

Isroil harbiy samolyotlarining Mag'ozi qochqinlar lageriga sodir etgan hujumida kamida 17 kishi halok bo'ldi, ularning aksariyati yosh bolalar, o'nlab kishi yaralandi.

Nuseyrat qochqinlar lageridagi uyga sodir etilgan havo hujumi oqibatida 4 nafar falastinlik halok bo'ldi.

G’azo sektori shimolidagi Jibaliya qochqinlar lageriga Isroil harbiy samolyotlari tomonidan uyushtirilgan hujumda ham qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Shuningdek, Isroil harbiy samolyotlari janubdagi Rafah shahridagi Shabura qochqinlar lageriga hujum qildi. Hujum oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, ko‘plab odamlar yaralandi.

G'azo hukumatiga ko'ra, Isroilning G'azo sektorida 7 oktyabrdan beri sodir etib kelayotgan hujumlarida halok bo'lgan falastinliklar soni 16 ming 248 nafarga yetdi. Ularning 7 mingdan ko'pi bolalar.

7-oktyabrdan beri G‘arbiy Sohil va Quddusda Isroil kuchlari va yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 265 nafar falastinlik hayotdan ko‘z yumdi.

Isroil tomondan esa, 1200 kishi halok bo'lgan. Ular orasida 310 dan ortiq askar ham bor. 5132 kishi tan jarohati olgani e'lon qilindi.

Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, G‘azo sektoriga quruqlikdan uyushtirilgan hujumlarda 84 nafar, Livan chegarasida esa 6 nafar isroillik askar halok bo‘lgan.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar