Gʻazoda 1,9 million kishi oʻz uy – joyidan mahrum boʻldi

Joriy yilning 7 – oktabridan beri Isroilning Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida Gʻazo aholisining 80 foizdan ortigʻiga teng kelgan 1,9 million kishining oʻz uy – joyidan mahrum boʻlgani bildirildi.

2072513
Gʻazoda 1,9 million kishi oʻz uy – joyidan mahrum boʻldi

Isroilning Gʻazodagi hujumlari tufayli 1,9 million kishining oʻz uy – joyidan mahrum boʻlgani ma’lum qilindi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Yaqin Sharqdagi falastinlik muhojirlarga yordam berish agentligi (UNWRA) tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, 7 – oktabrdan beri Isroilning Gʻazo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlarida Gʻazo aholisining 80 foizdan ortigʻiga teng kelgan 1,9 million kishining oʻz uy – joyidan mahrum boʻlgani  bildirildi.

Bayonotda, 7 - oktabrdan beri Isroil hujumlarida 111 nafar UNRWA xodimi hayotdan koʻz yumgani va 2 - dekabrdan e’tiboran esa oʻz uy – joyidan koʻchirilgan 1,2 million kishining UNRWAning 156 markazidan boshpana topganiga e’tibor qaratildi.

Boshqa tomondan, 7 - oktabrdan buyon 85 ta UNRWA markazining 117 marta hujumlarning nishoniga aylangani, 30 ta markazga toʻgʻridan - toʻgʻri zarba berilgani, 55 ta markaz esa ikkinchi darajali ziyon koʻrgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Joriy yilning 7 – oktabridan beri Gʻazo sektorida Isroil hujumlari orqali oʻldirilgan falastinliklar soni 15 ming 523 nafarga yetdi. Ulardan 6 ming nafardan ortigʻi yosh bola va 4 ming nafardan ortigʻi ayollardan iborat.

Isroil va Xamas o‘rtasida yoʻlga qoʻylgan 4 kunlik otashkesim 24 – noyabr haftaning juma kuni, mahalliy vaqt bilan soat 07:00’da kuchga kirar ekan ortidan yana 3 kunga uzaytirilgandi.

Isroil va Xamas oʻrtasida erishilgan mahbuslar almashinuvi kelishuvi doirasida Gʻazo sektoridan isroillik 81 kishi, Isroil qamoqxonalaridan esa falastinlik 240 kishi ozod etildi.

Isroil armiyasi 1 - dekabr kuni yuqorida nomi tilga olingan otashkesim muddati tugashi bilanoq, Gʻazo sektorini nishonga olgan hujumlarini takror boshladi.



Aloqador xabarlar