UNICEF: “Jimjirtlik, jinoyatga sherik boʻlishdir!”

UNICEF matbuot xizmati kotibi James Elder, X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Isroil tomonidan shiddatli hujum uyushtirilgan Gʻazodagi vaziyat haqida post qoldirdi.

2072380
UNICEF: “Jimjirtlik, jinoyatga sherik boʻlishdir!”

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamgʻarmasi (UNICEF) matbuot xizmati kotibi James Elder:

“Gʻazo janubidagi hujumlar kamida shimoldagilardek shiddatli. Bolalarni nishonga olgan urushni toʻxtata olishimizga ishonishimiz kerak. Jimjirtlik, jinoyatga sherik boʻlishdir”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Elder, X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali Isroil tomonidan shiddatli hujum uyushtirilgan Gʻazodagi vaziyat haqida post qoldirdi.

Mintaqadagi vaziyat bolalar va ayollar uchun battar yomonlashib borayotganini bildirgan Eldar:

“Gʻazo janubidagi hujumlar kamida shimoldagilardek shiddatli. Bolalarni nishonga olgan urushni toʻxtata olishimizga ishonishimiz kerak. Jimjirtlik, jinoyatga sherik boʻlishdir”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Elder yuqorida nomi tilga olingan postda audioma’lumotga ham oʻrin berar ekan unda, Gʻazoning janubida bombardimon avj olganiga e’tibor qaratib:

“Gʻazo janubidagi 1,8 million kishi haqida oʻylanmay tura olmayapman”. – dedi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning Qurolli qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalari Isroilning falastinliklar bilan ularning muqaddas qadriyatlari, xususan, Al - Aqso jome’ masjidiga qarshi uzluksiz ziyon yetkazishiga javoban 7 - oktabr haftaning shanba kuni ertalab keng ko‘lamli hujum uyushtirdi. Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi havodan kuchli bomba tashlay boshladi.

Joriy yilning 7 – oktabridan beri Gʻazo sektorida Isroil hujumlari orqali oʻldirilgan falastinliklar soni 15 ming 523 nafarga yetdi. Ulardan 6 ming nafardan ortigʻi yosh bola va 4 ming nafardan ortigʻi ayollardan iborat.

Isroil va Xamas o‘rtasida yoʻlga qoʻylgan 4 kunlik otashkesim 24 – noyabr haftaning juma kuni, mahalliy vaqt bilan soat 07:00’da kuchga kirar ekan ortidan yana 3 kunga uzaytirilgandi.

Isroil va Xamas oʻrtasida erishilgan mahbuslar almashinuvi kelishuvi doirasida Gʻazo sektoridan isroillik 81 kishi, Isroil qamoqxonalaridan esa falastinlik 240 kishi ozod etildi.

Isroil armiyasi 1 - dekabr kuni yuqorida nomi tilga olingan otashkesim muddati tugashi bilanoq, Gʻazo sektorini nishonga olgan hujumlarini takror boshladi.

 



Aloqador xabarlar