Guterrish: “Vaqtinchalik otashkesim eng asosiy muammoni hal qila olmadi”.

Guterrish, Afrika ittifoqi komissiyasi rahbari Moussa Faki Mahamat bilan uyushtirgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

2070257
Guterrish: “Vaqtinchalik otashkesim eng asosiy muammoni hal qila olmadi”.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Bosh kotibi Antonio Guterrishning qayd etishicha, Isroil va Xamas o‘rtasida kelishib olingan vaqtinchalik otashkesim, eng asosiy muammoni hal qila olmadi.

Guterrish, Afrika ittifoqi komissiyasi rahbari Moussa Faki Mahamat bilan uyushtirgan matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Unda, G‘azoda otashkesim e’lon qilinishi kerakligini ta’kidlagan Guterrish,

“Otashkesim, to‘g‘ri tashlangan qadam edi. Bu holat bir umid ramzi edi ammo biz duch kelgan eng asosiy muammolarni hal qilmayapdi”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bosh kotib, mahbuslarning hech qanday shartsiz va zudlik bilan ozod etilishi hamda insonparvarlik yordamlarining G‘azodagi insonlarga imkon qadar tezroq yetib borishini ta’minlashi jihatidan otashkesimning shartligini ta’kidladi.  

Vaqtinchalik yo‘lga qo‘yilgan otashkesim muddati tugashi bilan takror hujum boshlashini ifoda etgan Guterrish, Isroil hukumatiga ham murojaat qilib:

“Nima demoqchi ekanimn ochiq – oydin o‘rtada. Otashkesimga ehtiyojimiz bor”. – dedi.



Aloqador xabarlar