Isroil va Xamas o‘rtasida mahbuslar almashildi

Mahbuslarni almashish kelishuvi doirasida bugungacha isroillik 50, falastinlik 150 nafar mahbus ozod etildi.

2069734
Isroil va Xamas o‘rtasida mahbuslar almashildi

Xamas bilan Isroil o‘rtasida tuzilgan mahbuslarni almashish kelishuvi doirasida Isroil qamoqxonalaridan falastinlik 33 kishi ozod etildi. Ulardan 30 nafari ayol kishi, 3 nafari esa yosh bola.

Ozod etilgan mahbuslar orasida ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohilda yashovchilar Xalqaro Qizil Xoch tashkilotiga oid avtobus orqali Isroilning Ofer harbiy qamoqxonasidan chiqib, Ramalloh tomon yo‘l oldi.

Isroil askarlari, falastinlik mahbuslarni kutib olish uchun Beytunya shahrida yig‘ilganlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va haqiqiy o‘qlar orqali monelik qildi.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi, Isroil askarlari tomonidan uzilgan o‘q natijasida falastinlik bir kishining halok bo‘lganini ma‘lum qildi.

Sharqiy Quddusda yashovchi va bolalardan iborat bo‘lgan mahbuslar ham Isroil politsiyasi tomonidan o‘z oilalariga topshirildi. Isroil politsiyasi, Sharqiy Quddusda ozod etilgan falastinlik mahbuslarning uylari atrofiga joylashtirildi va yo‘llarda nazorat punktlari o‘rnatdi.

Falastinlik ba’zi mahbuslarning uylariga bosqin uyushtirgan Isroil politsiyasi, oilalarni “hech qanday bayram o‘tkazmaslik va uylarda yig‘ilmaslik” ustidan ogohlantirdi.

Xamas bilan Isroil o‘rtasida erishilgan kelishuv doirasida G‘azo sektoridan isroillik ayollar va bolalardan iborat 50 kishi ozod etildi. Isroil qamoqxonalaridan ham falastinlik ayol kishi va bolalardan iborat 150 kishi ozod etildi.

Isroil bilan Xamas o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni 4 kun to‘xtatish haqidagi kelishuv 24 - noyabr, haftaning juma kuni, Turkiya vaqti bilan soat 08:00 da kuchga kirgandi.

 



Aloqador xabarlar