G‘azoda yo‘lga qo‘yilgan vaqtinchalik otashkesim yana 2 kunga uzaytirildi

G‘azo sektorida yo‘lga qo‘yilgan vaqtinchalik otashkesimni yana 2 kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

2069579
G‘azoda yo‘lga qo‘yilgan vaqtinchalik otashkesim yana 2 kunga uzaytirildi

Qatar, G‘azo sektorida yo‘lga qo‘yilgan vaqtinchalik otashkesimni yana 2 kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Bu haqda Qatar Tashqi Ishlar vazirligi Matbuot xizmati kotibi Majid al - Ansoriy bayonot berdi.

Ansoriy X ijtimoiy tarmoq hisobi orqali mavzu haqida bergan bayonotida, Xamas bilan Isroil o‘rtasida olib borilgan o‘rtamchilik natijasida G‘azo sektorida yo‘lga qo‘yilgan vaqtinchalik otashkesimni yana 2 kunga uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishilganini bildirdi.

Xamas ham o‘zining Telegram hisobi orqali bergan bayonotida, Qatar va Misr bilan ayni shartlar ostida G‘azo sektorida yo‘lga qo‘yilgan vaqtinchalik otashkesim yana 2 kunga uzaytirilganini tasdiqladi.

G‘azo sektoriga insonparvarlik yordamini yetkazib berish va mahbuslar almashinuvini ko‘zlagan vaqtinchalik otashkesim o‘tgan haftaning juma kuni kuchga kirgandi.

 



Aloqador xabarlar