Isroil va Xamas o‘rtasida mahbuslar almashinuvi davom etmoqda

Vaqtinchalik deb e'lon qilingan otashkesim ortidan, Isroil va Xamas o‘rtasida ikkinchi mahbuslar almashinuvi qayd etildi.

2068840
Isroil va Xamas o‘rtasida mahbuslar almashinuvi davom etmoqda

G‘azodagi vaqtinchalik otashkesim kuchga kirar ekan, mahbuslar almashinuvi davom etmoqda.

Ikkinchi guruhdagi mahbuslar almashinuvi jarayoni kech bo‘lsa ham tamomlandi.

Avvalom bor G‘azodagi 13 nafar Isroil va 4 nafar Tailand fuqarosi Xamas tomonidan Qizil xoch rasmiylariga topshirildi. Mahbuslar Refah chegara darvozasidan Misrga, u yerdan esa Isroilga olib ketildi.

Xamas, mahbuslarning Qizil xoch rasmiylariga topshirilgan paytdagi tasvirlarni bo‘lishdi. Unda Xamas a’zosi bilan biri yosh bola ikki nafar isroillik mahbus o‘rtasidagi samimiy lahzalar e’tiborlarni o‘ziga tortdi.

Ularning Xamas a’zolarining “Ko‘rishguncha” degan so‘zlariga javoban qo‘l ko‘tarib, jilmayib turgani aks etdi.

Xamas garovga olingan tailandliklar bilan bog‘liq ham bayonot berdi.

Markazi Qatarda joylashgan al - Jazira telekanali xabariga ko‘ra Xamas tailandlik mahbuslarni, Prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘anning sa’y - harakatlariga javoban ozod etganini bildirgan.

Isroil ham garovga olgan va qamoqxonalarida ushlab turgan falastinlik 39 kishini ozod etdi. Ular orasida 33 nafari yosh bola, 6 nafari ayol kishi jami falastinlik 39 kishi oilalari bag‘riga qaytdi.

Juma kuni amalga oshirilgan ilk mahbuslar almashinuvi ortidan ikkinchi mahbuslar almashinuvi, haftaning shanba kuni kechqurun amalga oshirilishi kutilayotgan edi.

Xamas, G‘azo shimoliga yetkazib berilishi kerak bo‘lgan yordamlarga Isroil tomonidan monelik qilingani uchun mahbuslar almashinuvini keyingiga qoldirgandi. Misr va Qatarning aralashuvi bilan muammo hal qilindi va mahbuslar almashinuvi qayd etildi.

Isroil bilan Xamas o‘rtasida tuzilgan kelishuv, o‘tgan haftaning juma kuni ertalab kuchga kirdi va seshanba kunigacha davom etishi bildirildi.

Birinchi mahbuslar almashinuvi haftaning payshanba kuni kechqurun amalga oshirildi.

Xamas, Isroil qamoqxonalaridagi 39 nafar falastinlikni 13 nafar isroillik evaziga ozod etdi.

Jarayon yakunlangach, Xamas qo‘lidagi 50 nafar isroillik mahbusga qarshi Isroil qamoqxonalaridagi 150 nafar falastinlik ozod etilgan bo‘ladi.



Aloqador xabarlar