Isroil hujumida falastinlik 14 ming 532 kishi halok boʻldi

Qirq yetti kunlik Isroil hujumida falastinlik 14 ming 532 kishi halok boʻldi

2067884
Isroil hujumida falastinlik 14 ming 532 kishi halok boʻldi

Isroil armiyasi tomonidan bir necha haftadan beri shiddatli hujum uyushtirilgan Gʻazo sektorida halok boʻlgan falastinliklar soni 14 ming 532 nafarga yetdi. Ular orasida 6 ming nafardan ortigʻi bolalar, 4 ming nafardan ortigʻi ayollardan iborat.

Gʻazodagi matbuot xizmati tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Isroil tomonidan 47 kun ichida uyushtirgan hujumlarida 205 nafar tibbiy xodim, 25 nafar harbiy boʻlmagan mudofaa xodimi va 64 nafar jurnalistning halok boʻlgani ta’kidlandi.

Tan jarohati olganlar soni esa 35 ming nafardan oshgani, ularning 75 foizdan ortig‘ini ayollar va bolalar tashkil etgani ifoda etildi.

Qayd etilishicha Isroil hujumlari chogʻida 102 ta davlat binosi vayron bo‘lgan, 266 ta maktab ziyon ko‘rgan va ulardan 67 tasi foydalanishdan chiqqan.

Bayonotda, Isroilning hujumlari oqibatida 85 ta jome’ masjidining butunlay vayron boʻlgani va 174 ta jome’ masjidi bilan 3 ta cherkovga ziyon yetkazilgani bildirildi.

Eslatib oʻtamiz:

Kecha Isroil hukumati, Gʻazo sektoridagi Xamas harakati bilan mahbuslar almashinuvi va toʻrt kun davom etuvchi vaqtinchalik otashkesim haqida qaror qabul qilganini e’lon qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gʻazo sektori , #Xamas , #Isroil , #shiddatli hujum

Aloqador xabarlar