Islom davlatlari Gʻazodagi muammoni hal qilishga urinmoqda

Hakan Fidan, Qatarning “Al – Jazira” telekanaliga Isroilning Gʻazodagi hujumlari va uni toʻxtatish uchun qilingan xalqaro sa’y – harakatlar haqida gapirdi.

2066065
Islom davlatlari Gʻazodagi muammoni hal qilishga urinmoqda

Tashqi Ishlar vaziri Hakan Fidanning qayd etishicha, Islom davlatlari hozirdan boshlab qoʻllaridagi barcha diplomatik va insoniy vositalardan foydalangan holda muammoni hal qilish yo‘lini tanladi.

Hakan Fidan, Qatarning “Al – Jazira” telekanaliga Isroilning Gʻazodagi hujumlari va uni toʻxtatish uchun qilingan xalqaro sa’y – harakatlar haqida gapirdi.

Joriy yilning 7 - oktabridan oldin mintaqada normallashuv sa’y – harakatlari boʻlgani va Turkiyaning ham bunga hissa qoʻshish siyosatini qoʻllaganini ifoda etgan Fidan, “Ammo 7 - oktabrdan keyin Falastinda aslida hech narsa oʻzgarmaganiga guvoh boʻldik. Ayniqsa Gʻazoda 13 ming nafarga yaqin shahid qilingan falastinlik birodarimizning qoni yaqqol oʻrtada ekan, bizning hech narsa boʻlmagandek turishimiz imkonsiz”. – dedi.

Hakan Fidan, Turkiyaning hech qanday vaqtni qoʻldan boy bermay oʻq uzishni toʻxtatish e’lon qilinishi va insoniy yordamlarning Gʻazoga yetkazib berilishi jihatidan ikki bosqichli siyosat olib borganini qayd etdi.

Gʻazo sektori blokadasini buzish bilan bogʻliq Hakan Fidan: “Islom davlatlari hozirdan boshlab qoʻllaridagi barcha diplomatik va insoniy vositalardan foydalangan holda muammoni hal qilish yo‘lini tanladi”. – degan ifodalarga oʻrin berdi.

Isroilning Gʻazoda yadroviy quroldan foydalanish tahdidiga ham toʻxtalgan Fidan, “Isroilning yadroviy qurollarning yoyilmasligi haqidagi kelishuvga a’zo emasligidan foydalanib, oʻzining yadroviy salohiyatini rivojlantirganiga guvoh boʻlmoqdamiz. Bu borada Amerika va Yevropadan katta yordam olganidan ham xabarimiz bor”. – dedi.

“Ba’zi isroillik siyosatchilarning yadroviy quroldan foydalanish haqidagi gaplarini inobatga olsak, katta muammo bordek tuyuladi”. - degan Tashqi Ishlar vaziri Fidan, “Mintaqa yadroviy quroldan yo butunlay tozalanishi yoki boshqa davlatlar bu borada xavfsizlik uchun chora ko‘rishlari zarur”. – dedi.

Gʻazodagi urushdan keyingi vaziyat boʻyicha Turkiyaning yagona perspektivasi borligini qayd etgan Hakan Fidan mavzu haqida:

“Ochig‘ini aytsam, G‘azo muammosini ikki davlat asosida hal qilmay turib uni kim boshqarishi haqida berilgan savol to‘g‘ri emas degan fikrdaman. G‘azo urushdan oldin ham boshqarilgan, hozir ham boshqarilishi mumkin. G‘azoning o‘zini o‘zi boshqarish bilan bog‘liq hech qanday muammosi yo‘q. G‘azoning muammosi uning ishg‘ol ostida, olov ichida turishi va infratuzilmasining yo‘q qilinishidir. Biz hozirda G‘azoning boshqaruvi haqida emas, uni himoya qilish masalasida muammo bor degan fikrdamiz”. – deya gapirdi.

Turkiyaning Hamasni terror tashkiloti sifatida qabul qilmasligini takrorlagan Fidan, “Hamas, Falastin davlat tizimi ichida faoliyat yurituvchi bir partiyadir” . – degan ifodalarga o‘rin berdi.



Aloqador xabarlar