Ali Hamaney Tehronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi

Eronning diniy rahnamosi Ali Hamaney islom davlatlari va xalqaro hamjamiyat Isroil hujumlariga qarshi G'azo xalqiga kuchliroq yordam berishi kerakligini aytdi.

2060672
Ali Hamaney Tehronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi

 

Eronning diniy rahnamosi Ali Hamaney islom davlatlari va xalqaro hamjamiyat Isroil hujumlariga qarshi G'azo xalqiga kuchliroq yordam berishi kerakligini aytdi.

Eron rasmiy xabar agentligi IRNAning xabar berishicha, Hamaney poytaxt Tehronda Hamas yetakchisi Ismoil Haniya bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog’ida Haniyadan Isroilning G’azodagi hujumlari va o’zgarishlari haqida ma’lumot olgan Hamaney, islomiy davlatlar va xalqaro hamjamiyat G’azo xalqini yanada kuchliroq qo’llab-quvvatlashi kerakligini ta’kidladi.

U shuningdek, G'azo xalqining Isroil hujumlariga qarshi tutgan pozitsiyasini olqishladi.

Boshqa tomondan, Eron Tashqi ishlar vaziri Husayn Emir Abdullahiyon G'azoda minglab bolaning o'ldirilganini va buning insoniy emasligini aytdi.

"Agar Isroil G'azoda tinch aholiga qarshi hujumlarini davom ettirsa, urush muqarrar ravishda kengayadi. Livan va Yamanda boshqa qarshilik kuchlari harakat qilmoqda, bu ularning harakatlarini kuchaytirishi mumkin", - dedi Abdullahiyon Italiya davlat televideniyesi RAI 1ga bergan eksklyuziv intervyusida.

Abdullahiyon HAMASni “Falastin xalqining zulmga qarshi qonuniy qarshilik kuchi” sifatida tan olishlarini bildirdi.

Eron tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, Italiya imkon qadar tezroq sulh e'lon qilishi uchun AQShga bosim o'tkazishi kerak.


Tanlangan kalimalar: #Hamas , #Eron , #Ali Hamaney

Aloqador xabarlar