Isroil hujumlari oqibatida olti ming nafarga yaqin falastinlik halok bo‘ldi

Isroil armiyasining G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari davom etmoqda.

2055221
Isroil hujumlari oqibatida olti ming nafarga yaqin falastinlik halok bo‘ldi

Isroilning G‘azo sektoriga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lgan falastinliklar soni 5 ming 791 nafar deb qayd etildi.

G‘azodagi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Isroilning 7-oktabrdan beri G‘azoga qarshi uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 5 ming 791 nafarga, tan jarohati olganlar sonining 16 ming 297 nafarga yetgani qayd etildi. Halok bo‘lganlarning 2 ming 360 nafari yosh bola, 1 ming 292 nafari ayol kishi ekaniga e’tibor qaratildi.

Vazirlik, G‘azodagi shifoxonalarda tibbiy tizimning butunlay yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

Butun dunyoning tinch aholi qatliomini to‘xtatish talabiga qaramay, Isroil kuchlari 7-oktabrdan beri G‘azoni bombardimon qilishni davom etmoqda.

Urushning o‘n sakkizinchi kunida Isroil armiyasi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, G‘azo sektoridagi turli mahallalarda 400 nuqtaga zarba berilgani bildirildi.

Bayonotda, zarba berilgan nuqtalarning Hamas obyektlari ekani iddio etilar ekan, ular orasida chaqaloqlar ham bor tinch aholi o‘limlariga to‘xtalmadi.

Isroil armiyasi, o‘z bayonotida nishonga olingan nuqtalardan biri jome’ masjidi ekanini ham qayd etdi.

Falastinning WAFA rasmiy agentligida o‘rin olgan xabarga ko‘ra, Isroil harbiy samolyotlari tomonidan kechasi G‘azoning turli hududlaridagi tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi uyushtirilgan hujumlarida kamida 120 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Ular orasida ayollar va yosh bolalar ham bor.

Xon Yunus, Rafah, Bayt Lahiya, Jebaliya va Berich qochqinlar lagerida tinch aholi turar joylari nishonga olinar ekan, hujumlarda o‘nlab kishining tan jarohati olgani ma’lum qilindi.

Bombalangan binolarning vayronalari ostida qidiruv - qutqaruv ishlari davom etayotgani qayd etildi.

Isroil armiyasi blokadadagi G‘azo sektorining shimoliy qismiga qarshi, harbiy samolyotlar bilan gaubitsalar orqali kuchli zarbalar bermoqda.

G‘azo shahrida qariyalar uchun reabilitatsiya markazi sifatida foydalanilayotgan Vefa shifoxonasi yaqinidagi hududga ham Isroil armiyasi tomonidan zarba berildi. Hujum oqibatida tan jarohati olganlar, atrofdagi shifoxonalarga yotqizildi.

G‘azodagi Ichki ishlar vazirligi Nusayrat qochqinlar lageridagi bozor ham bombalanganini ma’lum qildi.

Bombalangan ikki hududda o‘nlab qurbonlar va tan jarohat olganlar borligi qayd etildi.

Isroil armiyasi Livan chegarasida raketa hujumiga tayyorlanayotganlarga, qurolli insonsiz havo hujumi orqali zarba berganini bildirdi.

Isroil kuchlari kecha kechqurundan beri Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilning turli hududlarida esa 50 nafardan ortiq falastinlikni qo‘lga oldi. Isroilning 7-oktabrdan beri G‘arbiy Sohilda qo‘lga olgan falastinliklar soni 1 ming 265 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz:

Hamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

G‘azodan Isroil tomon minglab raketalar otilar ekan, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirib bordi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.

 


Tanlangan kalimalar: #falastinlik , #G‘azo , #Isroil hujumlari

Aloqador xabarlar