Braziliyada jinoiy guruhlar 40ga yaqin avtobus va poyezdni yoqib yubordi

Rio-de-Janeyro shtati gubernatori Klaudio Kastro voqealarni “terrorchilik harakati” deb baholadi va “uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash”ga va’da berdi.

2055183
Braziliyada jinoiy guruhlar 40ga yaqin avtobus va poyezdni yoqib yubordi

 

Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida jinoiy guruhlar 36 dan ortiq avtobus va poyezdni yoqib yubordi.

The Guardian xabariga ko‘ra, hujumlar politsiya tomonidan to‘da rahbari Matey da Silva Rezendening o‘ldirilgani sababli “qasos” sifatida amalga oshirilgan.

Guruh a'zolari kamida 36 jamoat avtobusi, 4 yuk mashinasi va 1 poezdni yoqib yuborgan. Bu hujumlar Rio-de-Janeyroning kamida 9 ta hududida, jumladan Kosmos, Campo Grande, Inhoaiba, Guaratiba, Madureira, Paciencia, Santa Cruz, Sepetiba va Recreio dos Bandeirantesda sodir bo'ldi, ularda taxminan 1 million kishi yashaydi.

Rio-de-Janeyro shtati gubernatori Klaudio Kastro voqealarni “terrorchilik harakati” deb baholadi va “uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash”ga va’da berdi.

Gubernator Kastro hujumlarga aloqador 12 kishi hibsga olingani va bu odamlar "terrorchilik harakatlarini uyushtirganlik"da ayblanishini ta'kidlab, uyushgan jinoiy tashkilotlarni "davlatga qarshi chiqishga jur'at etmaslik" haqida ogohlantirdi.

Mahalliy matbuot tomonidan shtat tarixidagi "eng katta jinoiy hujumlardan biri" sifatida tavsiflangan voqealar tufayli shahardagi kamida 45 maktabda ta'lim to'xtatildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tasvirlarda jinoiy guruh a'zolari avtobusga o't qo'yishga tayyorgarlik ko'rayotgan paytda o'nlab yo'lovchilar o'zlarini avtobusdan tashlab qochishga muvaffaq bo'lgani kuzatilmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Braziliya

Aloqador xabarlar