Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlari avj olmoqda

Isroil armiyasi 2 ming 778 kishi halok boʻlgan, 10 ming nafardan ortiq inson tan jarohati olgan Gʻazo sektorining turli hududlariga qarshi kechasi bilan havo hujumi uyushtirishni davom etdi.

2052150
Isroilning Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlari avj olmoqda

Xamasning harbiy qanoti Izzaddin al - Qassam brigadalarining 7 - oktabr kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso toʻfoni” deb nomlangan keng koʻlamli hujum boshlatishi ortidan falastinlik guruhlar bilan Isroil oʻrtasida toʻqnashuv kelib chidi.

Isroil armiyasi 2 ming 778 kishi halok boʻlgan, 10 ming nafardan ortiq inson tan jarohati olgan Gʻazo sektorining turli hududlariga qarshi kechasi bilan havo hujumi uyushtirishni davom etdi.  

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi Gʻazo ma’muriyati matbuot xizmati kotibi, Isroil havo hujumlarida vayron boʻlgan uylar ostida taxminan 1200 kishi, jumladan 500 nafar bola borligini bildirdi.

Xamas huquq xodimi Teysir Ibrohim bilan voiz Vail az - Zaridning Gʻazodagi uylari ham Isroil harbiy samolyotlari tomonidan bombalanganini bildirdi.

Hujum oqibatida Xamas rasmiylaridan 2 kishi bilan uydagi oila a’zolari halok bo‘lgani ma’lum qilindi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qayd etishicha, Isroil 7 - oktabrdan beri G‘azodagi tibbiy xizmatlarga qarshi 41 ta hujum uyushtirgan. Oqibatida 11 nafar tibbiy xodim faoliyati ustida jon berib, 16 nafari tan jarohati olgan.

G‘azodagi tibbiy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xon Yunis hududini nishonga olgan havo hujumi ortidan ko‘plab tan jarohati olganlar, Nosir tibbiyot majmuasiga olib borilgan.

Falastinning WAFA xabar agentligi Isroil qiruvchi samolyotlari, kemalari va artilleriya otishlari orqali G‘azoga qarshi hujumlarini kechasi ham davom etganini ma’lum qildi. Bunga ko‘ra Rafah hududida Isroil harbiy samolyotlari uyushtirgan hujumlarda jon bergan va tan jarohati olganlar qayd etildi. Shahar g‘arbidagi Rimol mahallasida bir uyning bombalanishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi. Nablus shahrida uyushtirilgan bosqinda ham qurbonlar bor.

Guvohlar esa Dayr al – Balah mintaqasida bir uyga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida falastinlik 7 kishining halok bo‘lgani va 12 kishining tan jarohati olganini ma’lum qildi. Halok bo‘lganlar orasida yosh bolalar ham bor.

Bu orqali, 7 - oktabrdan beri G‘arbiy sohilda Isroil askarlari va yahudiy ko‘chmanchilarning hujumlari natijasida halok bo‘lgan falastinliklar soni 61 nafarga yetdi.

Ayni paytda, Falastin Ozodlik Tashkilotiga qarashli Asirlar ishi qo‘mitasi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko‘ra, Isroil kuchlari G‘arbiy sohilga surgun qilingan g‘azolik ishchilarning al – Halilda jon saqlayotgan maktabga bosqin uyushtirdi.

Isroil kuchlari, g‘azolik 35 nafar ishchini nazorat ostiga oldi.

Bayonotda, Isroilning 7-oktabrdan buyon mamlakatda ishlagan yuzlab g‘azolik ishchini, G‘arbiy sohilga deportatsiya qilgani, u yerda qo‘lga olingan falastinliklar sonining 680 nafarga yetgani qayd etildi.

Isroil kuchlari ishg‘ol ostidagi Sharqiy Quddus va G‘arbiy sohilda 70 nafar falastinlikni nazorat ostiga oldi. Ular orasida, Falastin parlamentining sobiq spikeri Aziz Duvayk bilan sobiq deputatlar va Xamas rasmiylari bor.

Isroil hujumlaridan qochgan minglab falastinliklar esa, G‘azo sektorining Xon Yunis shahridagi Nosir kasalxonasi va uning hovlisida jon saqlamoqda.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

G‘azodan Isroil tomon minglab raketalar otilar ekan, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirib bordi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Gʻazo , #Xamas , #Isroil

Aloqador xabarlar