Falastin-Isroil to'qnashuvlari 10 kundan beri davom etmoqda

Hamasning G’azodagi harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari 7-oktabr kuni ertalab Isroilga qarshi keng qamrovli hujum uyushtirganidan so’ng “Aqsa to’foni” deb atgan Falastin guruhlari va Isroil o'rtasidagi to'qnashuvlar 10-kuniga kirdi.

2051219
Falastin-Isroil to'qnashuvlari 10 kundan beri davom etmoqda

 

Hamasning G’azodagi harbiy qanoti Izzaddin al-Qassam brigadalari 7-oktabr kuni ertalab Isroilga qarshi keng qamrovli hujum uyushtirganidan so’ng “Aqsa to’foni” deb atgan Falastin guruhlari va Isroil o'rtasidagi to'qnashuvlar 10-kuniga kirdi.

Isroil qamal ostidagi G'azoga hujumlarining  shiddatini  oshirmoqda.

Isroil armiyasi tun bo'yi havo hujumlari bilan G'azo sektorining turli qismlarini bombardimon qilishda davom etdi, bu yerda 2670 kishi halok bo'ldi, 10 mingga yaqin kishi jarohat oldi.

Mingdan ortiq odam vayronalar ostida hamon qolmoqda.

  Isroil samolyotlarining G'azo sharqida fuqaro mudofaasi va favqulodda xizmat guruhlarini nishonga olishi oqibatida 5 nafar tibbiyot xodimi halok bo'ldi.

G'azo sektorining janubidagi Xon Yunis va Rafahga Isroil harbiy samolyotlari tomonidan uyushtirilgan hujumlarda 11 falastinlik hayotdan ko'z yumdi.

Isroil kuchlari havo hujumlarida ayniqsa G'azodagi asosiy yo'llarni nishonga olmoqda.

Isroil 10 kundan beri oziq-ovqat va dori-darmon kabi hech narsaning o'tishiga ruxsat bermagan G'azoda ham shifoxonalar ogohlantirmoqda

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi G'azo sektoridagi barcha kasalxonalardagi yoqilg'i zahiralarining ko'pi bilan 24 soat ichida tugashini ma'lum qildi.

Bayonotda zaxira transformatorlarning to‘xtab qolishi minglab odamlarning hayotiga xavf tug‘dirishi ta’kidlangan.

BMT Aholishunoslik jamg'armasi G'azo sektoridagi 50 ming homilador ayol asosiy tibbiy xizmatlardan mahrum bo'lganini ma'lum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik Qochqinlarga Yordam Agentligi ham G'azoda maktab va ularga aloqador binolarda kamida 400 ming kishi ko'chirilganini e'lon qildi.

Isroil armiyasi G'azodagi xalqdan janubga borishni so'ragan edi.

TelAviv ma'muriyati 600 ming falastinlik ularning chaqirig'i bilan mintaqa janubiga o'tganini da'vo qildi.

Qassam Brigadalari 7 oktyabr kuni Isroilga qarshi "Aqsa to'foni" deb nomlangan keng qamrovli hujum uyushtirganliklarini e'lon qilgan edi.

G'azodan Isroil tomon minglab raketalar otilgan bir paytda, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirgan edi.

Isroil armiyasi ham G’azo sektoriga qarshi jangovar samolyotlar bilan “Temir qilichlar” operatsiyasini boshlaganini ma’lum gilgan edi.

Har ikki tomonda ham minglab qurbonlar bor.

 


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #10- kun , #Hujum , #Hamas , #Isroil

Aloqador xabarlar