Kolumbiya 220 nafar fuqarosini Isroildan evakuatsiya qildi

Ko'plab davlatlar jumladan, Kolumbiya, Chili va Peru Isroil-Falastin mojarosi sababli o'z fuqarolarini evakuatsiya qilmoqda.

2051306
Kolumbiya 220 nafar fuqarosini Isroildan evakuatsiya qildi

 

Isroil-Falastin mojarosi sababli Kolumbiya 220 nafar fuqarosini, Chili esa 83 nafar fuqarosini Isroildan evakuatsiya qildi.

Kolumbiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, 220 nafar Kolumbiya fuqarosining Isroildan havo kuchlariga tegishli ikki samolyot bilan poytaxt Bogotaga olib ketilgani qayd etildi.

Chili Tashqi Ishlar Vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, Chili Havo Kuchlariga tegishli samolyot 83 nafar Chili fuqarosini Isroildan evakuatsiya qilgani ma'lum qilindi.

Peru hukumati ham Isroil va Falastin o'rtasida davom etayotgan to'qnashuvlar tufayli mintaqadagi fuqarolarini evakuatsiya qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Peru fuqarolari Prezident Dina Boluarte hamrohligida Boeing 737 tipidagi prezident samolyoti bilan poytaxt Limaga olib ketildi.

Qo'shma Shtatlar Isroildagi fuqarolarini dengiz orqali evakuatsiya qilishini ham e'lon qildi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e'lon qildi.

Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 200 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil

Aloqador xabarlar