Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarning shiddati kundan - kunga ortmoqda

Xamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari 7 – oktabr kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatar ekan, Isroil armiyasi ham G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

2050995
Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarning shiddati kundan - kunga ortmoqda

Xamasning harbiy qanoti Gʻazodagi Izzaddin al - Qassam brigadalarining 7 - oktabr kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso toʻfoni” deb nomlangan keng koʻlamli hujum boshlatishi ortidan falastinlik guruhlar bilan Isroil oʻrtasida toʻqnashuv kelib chidi.

Isroil tomonidan Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarning shiddati kundan - kunga ortmoqda.

Isroilning blokada ostidagi Gʻazoga qarshi uyushtirgan hujumlarida 2 ming 329 kishi halok boʻldi, 9 ming 714 kishi tan jarohati oldi. Oxirgi 24 soat ichida qurbon boʻlganlar soni 300 nafar, tan jarohati olganlar soni esa 800 nafar deb qayd etildi.

Izzaddin al - Qassam brigadalari, oxirgi 24 soat ichida Isroilning hujumlarida asirga olinganlardan 9 nafarining halok boʻlganini ma’lum qildi.

Bayonotda, hayotdan koʻz yumgan 9 asirdan 4 nafarining xorijlik ekani bildirildi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari esa, Isroilda hozirgacha 29 nafar fuqarosi halok boʻlgani va 15 nafar fuqarosi bedarak yoʻqolganini e’lon qildi.

Rossiyaning Isroildagi elchixonasi tomonidan berilgan bayonotda ham, Isroil - Falastin toʻqnashuvlarida Rossiya fuqarosidan 16 nafarining halok boʻlgani va 8 nafarining bedarak yoʻqolgani qayd etildi.

Gʻazodan uyushtirilgan hujumlarda esa, 1 ming 300 nafar isroillik halok boʻlgani va 3 ming 436 nafar isroillik tan jarohati olgani ma’lum qilingandi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Falastinlik muhojirlarga yordam berish agentligi Bosh komissari Filipp Lazzariy Gʻazo sektori boʻylab suv tugagani sababli 2 milliondan ortiq insonning xavf ostida qolgani, bir haftadan beri Gʻazoga insonparvarlik yordami yetkazib berishga ruxsat berilmagani va eng muhimi buning hayot – mamot masalasi ekanini ta’kidladi.

Qatar ham, Isroil hujumi va blokadasi ostidagi Gʻazo sektorining shimolida yashovchilarning uylarini kuch bilan boshatishlari haqidagi chaqirigʻiga e’tiroz bildirdi.

Xamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya esa, falastinliklar oʻz yurtlarini tark etmasligi va Misrga koʻchib oʻtmasligini bildirdi.

Isroilga oid harbiy samolyotlar, Gʻazo janubidagi Rafah shahridagi uyni bombardimon qildi. Hujum oqibatida halok boʻlganlar va tan jarohati olganlar borligi aniqlandi.

Isroilning Gʻazoning gʻarbidagi Tel al - Hava tumanidagi bir uyni bombalashi oqibatida 8 kishi hayotdan koʻz yumdi.

G‘azo sektoridagi Iordaniya dala kasalxonasi, Isroil hujumlari va yo‘llarning bekitilishi tufayli xizmat bera olmay qolgandi.

Ishgʻol ostidagi Gʻarbiy sohilda Isroil kuchlari tomonidan haqiqiy oʻqlar bilan nishonga olingan falastinlik bir bola hayotdan koʻz yumdi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, blokada ostidagi Gʻazo sektoriga qarshi “quruqlik harakati” boshlatilishiga ishora qilib, “Keyingi bosqich yaqinlashmoqda”, - deya gapirdi.

Isroil armiyasi ham, Gʻazo sektoriga qarshi havo, dengiz va quruqlik orqali “muvofiqlashtirilgan” hujum uyushtirishga tayyorgarlik koʻrish ishlari yakunlanish arafasida ekanini ma’lum qildi.

Boshqa tomondan Livan Hizbullohi, Isroil tomonidan ishgʻol qilingan Sheba fermalari hududidagi Isroilga oid kuzatuv markaziga qarshi hujum uyushtirilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz:

Xamasning harbiy qanoti Qassam brigadalari shanba kuni ertalab Isroilga qarshi “Aqso to‘foni” deb nomlangan keng ko‘lamli hujum boshlatganini e’lon qildi.

G‘azodan Isroil tomon minglab raketalar otilar ekan, qurolli guruhlar mintaqadagi aholi punktlariga kirib bordi.

Isroil armiyasi ham o‘nlab qiruvchi samolyotlar orqali G‘azo sektoriga qarshi “Temir qilichlar” degan nom ostida hujum boshlatganini bildirdi.

Avj olgan taranglik yuzasidan ikki tomondan ham qurbon bo‘lganlar qayd etildi.

 

 



Aloqador xabarlar