Isroil G'azodagi aholi punktlariga fosfor bombasi bilan hujum qildi

"Ishg'olchi Isroil G’azo shimolidagi Kerame hududida falastinliklarga qarshi xalqaro miqyosda taqiqlangan oq fosfor bombasidan foydalanmoqda”,-deyiladi Falastin TIV bayonotida.

2049276
Isroil G'azodagi aholi punktlariga fosfor bombasi bilan hujum qildi

 

Falastinning xabar berishicha, Isroil G'azo sektoridagi aholi punktlariga sodir qilgan hujumlarida fosfor bombalaridan foydalangan.

Bu haqda Falastin Tashqi ishlar vazirligining X ijtimoiy tarmog'ida qayd etilgan.

"Ishg'olchi Isroil G’azo shimolidagi Kerame hududida falastinliklarga qarshi xalqaro miqyosda taqiqlangan oq fosfor bombasidan foydalanmoqda”,-deyiladi Falastin TIV bayonotida.

Jenevada joylashgan Yevropa-O'rta yer dengizi inson huquqlari tashkiloti (Euro-Med) prezidenti Rami Abdu, o'zining X ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Isroil harbiy kuchlari G'azoning shimoli-g'arbidagi aholi zich joylashgan hududlarda fosfor bombasini qo'llaganini aytdi.

Nyu-Yorkda joylashgan Human Rights Watch (HRW) tashkiloti ham hisobotida Isroil G'azo sektoriga hujumlarida fosfor bombasi ishlatganini ta'kidlagan.

Hozircha Isroildan bu borada hech qanday bayonot berilmadi.

Eslatma: Joriy yilning 7 oktyabr kuni ertalab G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketa hujumi boshlangandi. Keyinchalik HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e'lon qildi. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshladi.

Shundan so‘ng, Bosh vazir Binyamin Netanyaxu isroilliklarga murojaat bilan chiqib, mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealar harbiy operatsiya emas, balki to‘laqonli urush ekanini aytdi.

Hozirda G‘azo sektorida 187 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Har ikki tomonda ham yuzlab qurbonlar bor.


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Isroil , #G'azo

Aloqador xabarlar