Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan munosabatlarni davom ettirishga sodiqligini tasdiqladi

“YeI Turkiya bilan inson huquqlari, qonun ustuvorligi, xalqaro huquq va mintaqaviy barqarorlik boʻyicha majburiyatlarga asoslangan umumiy farovonlik va barqarorlik sari konstruktiv munosabatlarga oʻtish uchun hamkorlik qilishga tayyor”,-dedi Ana Pisonero.

2045269
Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan munosabatlarni davom ettirishga sodiqligini tasdiqladi

 

Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan hamkorlik va oʻzaro manfaatli munosabatlarni davom ettirishga sodiqligini tasdiqladi.

Yevropa Ittifoqi Komissiyasi voizilaridan Ana Pisonero, matbuot anjumanida Prezident Rajap Tayyip Erdo'g’anning kechagi bayonotlari va Turkiyaning a’zolik jarayoni bilan bog’liq savolga javob berdi.

U Turkiya bilan o'zaro manfaatli aloqa o'rnatish va Sharqiy O'rta yer dengizida barqaror va xavfsiz muhitni saqlab qolish Yevropa Ittifoqining manfaatiga mos ekanini ta'kidladi.

“Yevropa Ittifoqi Turkiya bilan inson huquqlari, qonun ustuvorligi, xalqaro huquq va mintaqaviy barqarorlik boʻyicha majburiyatlarga asoslangan umumiy farovonlik va barqarorlik sari konstruktiv munosabatlarga oʻtish uchun hamkorlik qilishga tayyor”,-deydi u.

Pisonero strategik va istiqbolni ko'zlab olg'a siljish maqsadida Yevropa Ittifoqi-Turkiya munosabatlarining borishi haqida tayyorlagan hisobot ustida ishlarning davom etayotganini, kengayish paketi doirasida Turkiya uchun yillik hisobot ham tez orada nashr etilishini eslatdi.

Prezident Erdo'g’an, kecha Turkiya Oliy Millat Majlisining 28-Davlat va 2-Qonunchilik yilining ochilishi munosabati bilan Parlament Bosh Assambleyasida so’zlagan nutqida, “Agar Yevropa Ittifoqi so'zda qolib ketayotgan a'zolik jarayonini to'xtatmoqchi bo'lsa, o'zlari biladi. Biz demokratiya, adolat va erkinliklar nuqtai nazaridan kerak bo’lsa, Kopengagen mezonlarini Anqara mezonlari bilan almashtirib, yo’limizda davom etishimiz mumkin",-degan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Yevropa Ittifoqi

Aloqador xabarlar