Qorabog'da mina portlashi oqibatida 2 nafar ozarbayjonlik halok bo'ldi

Qorabog'da noqonuniy arman kuchlari tomonidan qo'yilgan minaning portlashi oqibatida 2 nafar ozarbayjon hayotdan ko'z yumdi.

2039118
Qorabog'da mina portlashi oqibatida 2 nafar ozarbayjonlik halok bo'ldi

 

Qorabog'da noqonuniy arman kuchlari tomonidan qo'yilgan minaning portlashi oqibatida 2 nafar ozarbayjon hayotdan ko'z yumdi.

Ozarbayjon Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan berilgan bayonotda, Ozarbayjon avtomobil yoʻllari davlat agentligiga (Azerotoyol) tegishli yuk mashinasi Xoʻjavent viloyatidagi Ahmetbeyli-Fuzuli-Shusha avtomobil yoʻlida oʻtayotgan vaqtda tankga qarshi mina portlagani bildirildi.

Bayonotda, portlash oqibatida yuk mashinasida bo‘lgan “Azerotoyol”ning ikki nafar xodimi halok bo‘lgani qayd etilgan.

Bayonotda, minaning noqonuniy arman kuchlari tomonidan yotqizilganligi, terror harakati sifatida baholangan voqea yuzasidan tergov boshlanganligi bildirildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Halok , #2 nafar , #Portlash , #Qorabog'

Aloqador xabarlar