Rossiya bilan Ukraina urushi davom etmoqda

O‘tgan 2022-yilning fevral oyida boshlagan Rossiya bilan Ukraina urushi, afsuski haligacha davom etmoqda

2038433
Rossiya bilan Ukraina urushi davom etmoqda

Ukraina insonsiz havo transporti orqali poytaxt Moskva va Qrim yarim oroliga qarshi hujum uyushtirishga uringani va bunga Moskva monelik qilgani qayd etildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, Kiyev, kechasi va ertalab Rossiya hududidagi obyektlarga qarshi hujum qilishga uringanini ta’kidladi.

Bayonotda, Ukrainaga oid samolyot rusumidagi ikkita insonsiz havo transporti Qrim yarim orolida tushirilganiga e’tibor qaratgan bayonotda, Moskva viloyatining Instrinskiy tumani hududida esa 1 ta insonsiz havo transportining yo‘q qilingani aytildi.

Qrim yarim orolining shimoli - g‘arbiy sohilida Ukrainaga oid 4 ta samolyot rusumidagi insonsiz havo transporti yo‘q qilingani ifoda etilgan bayonotda, shuningdek, Moskva viloyatining Domodedovo tumani osmonida esa bitta insonsiz havo transporti yo‘q qilingani ta’kidlandi.

Moskva meri Sergey Sobyanin ham havo hujumidan mudofaa tizimlari shaharning Istrinskiy tumanida Moskvani nishonga olgan hujumni qaytarganini qayd etdi.

Sobyanin, Moskvani nishonga olgan boshqa insonsiz havo transportining ham Moskva mintaqasining Ramenskiy tumanida yo‘q qilinganini bildirdi.

Ukraina Harbiy Havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan berilgan bayonotda esa, Rossiya qo‘shini tunda qanotli raketalar va insonsiz havo transportlari orqali Ukraina hududiga hujum uyushtirgani ta’kidlandi.

Bayonotda, rus raketalarining Odessa viloyatidagi harbiy bo‘lmagan qishloq xo‘jaligi korxonasi joylashgan hududga kelib tushgani va don omborxonasining ziyon ko‘rganini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar