Qayd etilishicha Ukraina Qrimga qarshi hujum uyushtirishga uringan

O‘tgan 2022 - yilning fevral oyida boshlagan Rossiya - Ukraina urushi haligacha tugamadi.

2035262
Qayd etilishicha Ukraina Qrimga qarshi hujum uyushtirishga uringan

Qayd etilishicha, Ukraina Qrimga qarshi insonsiz havo transporti orqali hujum uyushtirishga uringan va bu harakatga Rossiya Mudofaa vazirligi tomonidan monelik qilingan.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida yozma ravishda berilgan bayonotda, kecha mahalliy vaqt bilan soat 19:30 atrofida, Kiyevning Rossiya hududidagi obyektlarga insonsiz havo transportlari orqali hujum qilishga uringani bildirildi.

Ukrainaning hujum tashabbusining oldi olinganiga e’tibor qaratilgan bayonotda, insonsiz havo transportlaridan birining Rossiya havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingani qayd etildi.

Qrim, 2014 - yili Rossiya tomonidan Ukrainadan noqonuniy ravishda anneksiya qilib olingan edi.



Aloqador xabarlar