Idalia to‘foni Florida shtatiga yetib bordi

“Idalia” to‘foni Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Florida shtati qirg‘oqlaridan quruqlikka yetib bordi va kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlarini keltirib chiqardi.

2031126
Idalia  to‘foni Florida shtatiga yetib bordi

 

“Idalia” to‘foni Amerika Qo‘shma Shtatlarining (AQSh) Florida shtati qirg‘oqlaridan quruqlikka yetib bordi va kuchli yog‘ingarchilik va suv toshqinlarini keltirib chiqardi.

Milliy bo'ron markazi tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Florida shtatidagi Keaton Beachdan ichkariga qarab harakatlanayotgan dovul tezligi soatiga 300 kilometrga yetgan.

Ertalabdan boshlab 3-toifali shiddat bilan shtatda o'z ta'sirini ko'rsatgan Idalia, mintaqada keng ko'lamli elektr uzilishlariga, ko'chalarni suv bosishiga, aeroportlarning yopilishiga va reyslarning bekor qilinishiga olib keldi.

Doimiy shamollar ta'sirida to'lqin uzunligi 3 metrga yaqinlashar ekan, Tampa va Fort Myers kabi qirg'oqbo'yi hududlarida ko'chalarni qoplagan suv sathining tez sur'atlar bilan ko'tarilgani  ma’lum bo'ldi.

Florida gubernatori Ron DeSantis Idalia "kutilmagan vayronagarchilikka" olib kelishi va uning ta'sir doirasi xaritalarda ko'rsatilgan hududlardan tashqariga chiqishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Pinellas okrugi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha menejeri Keti Perkins ham fuqarolarni “okrugda suv toshqini sodir bo‘lishi” haqida ogohlantirdi.

Milliy okean va atmosfera maʼmuriyati maʼlumotlariga koʻra, “Idalia” toʻfonidan kelib chiqqan kuchli va doimiy shamollar Jorjiya shtatini bosib oʻtmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar