Gretsiyada yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) Eris variantini yuqtirish holatlari ko'paymoqda

Gretsiya Milliy sog'liqni saqlash agentligi (EODY) ma'lumotlariga ko'ra, 7-13 avgust kunlari, Kovid-19 tufayli kasalxonada davolanganlar soni oldingi to'rt haftaning o'rtacha ko'rsatkichiga nisbatan 71 foizga oshdi.

2026580
Gretsiyada yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) Eris variantini yuqtirish holatlari ko'paymoqda

 

Gretsiyada yangi turdagi koronavirus (Kovid-19) Eris variantini yuqtirish holatlari ko'paymoqda.

Gretsiya Milliy sog'liqni saqlash agentligi (EODY) ma'lumotlariga ko'ra, 7-13 avgust kunlari, Kovid-19 tufayli kasalxonada davolanganlar soni oldingi to'rt haftaning o'rtacha ko'rsatkichiga nisbatan 71 foizga oshdi.

Barcha Kovid-19 variantlari orasida Eris variantining darajasi avvalgi haftadagi 11 foizdan avgust oyining ikkinchi haftasida 16 foizga oshdi.

Saloniki farmatsevtlar uyushmasi (FSTH) bayonotida, dorixonalardan olingan Kovid-19 test to'plamlari va dorixonalarda o'tkazilgan Kovid-19 testlari soni oldingi davrga nisbatan ikki baravar ko'payganligi xabar qilindi.

Bundan tashqari, xuddi shu davrda dorixonalarga COVID-19 testini topshirish uchun borgan har 8 bemordan 5 nafarining natijalari ijobiy bo‘lgani qayd etildi.

Yunoniston davlat televideniyesi ERT bilan suhbatda, Afina-Pirey kasalxonasi shifokorlari uyushmasi (EINAP) prezidenti Matina Pagoni, Eris ayniqsa Krit orolida juda keng tarqalganligini aytdi. Pagoni, sentyabr oyida maktablarning ochilishi va yopiq joylarda foydalanishning ko'payishi bilan kasallanish sonining ortishi mumkinligini aytdi.



Aloqador xabarlar