Rossiya armiyasi Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba berdi

Kecha, 31 iyul kuni erta tongda Rossiya armiyasi Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba bergani xabar qilindi. Zarba oqibatida 5 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan.

2018567
Rossiya armiyasi Ukrainaning Krivoy Rog shahriga zarba berdi

 

Rossiya tomonidan Ukrainaning Krivoy Rog shahriga uyushtirilgan raketa hujumida hayotdan ko'z yumganlar soni 5 nafarga, yaralanganlar soni esa 73 nafarga yetdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha ertalab Rossiyaning Krivoy Rog shahriga uyushtirgan hujumlari haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot berdi.

Zelenskiy, Rossiya raketasi urilgan joyda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotganini, hujumda 5 kishining hayotdan ko‘z yumganini, o‘nlab kishining jarohatlanganini ma’lum qildi.

Krivoy Rog Mudofaa Kengashi Rahbari Aleksandr Vilkul ham ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hujumda yaralanganlar sonining 73 nafarga yetganini, ulardan 8 nafari bolalar ekanini aytdi.

Zelenskiy kecha ertalabki bayonotida Rossiya armiyasi Krivoy Rog va Xerson shaharlarida ko‘p qavatli turar joy binosi va universitet binosiga zarba bergani, qurbonlar va yaradorlar borligini ma’lum qilgandi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, raketalarning biri ko‘p qavatli turar joy binosiga kelib tushgan. Ikkinchi raketa esa 4 qavatli ta’lim muassasasiga qulagan.

Ukraina ichki ishlar vaziri Igor Klimenko o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida terakt oqibatida bir kishi halok bo‘lgani, 10 kishi yaralangani haqida ma’lum qilgandi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Ukraina , #Krivoy Rog

Aloqador xabarlar