Rossiya Odesaga qarshi hujum uyushtirdi va oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Oleg Kiper Telegram kanali orqali bergan bayonotida Rossiyaning Odessaga qarshi hujum uyushtirganini maʼlum qildi.

2014816
Rossiya Odesaga qarshi hujum uyushtirdi va oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Odessaga qarshi uyushtirgan hujumi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 18 kishi yaralandi.

Odessa viloyati davlat maʼmuriyati rahbari Oleg Kiper mavzu haqida Telegram kanali orqali bergan bayonotida, Rossiya Odessaga qarshi hujum uyushtirganini maʼlum qildi.

Voqeani “terror hujumi” deb baholagan Kiper, hujumda shahardagi infratuzilma, uylar va diniy binolarning ziyon ko‘rgani qayd etildi.

Kiper,

“Hujumda 18 kishi, jumladan 4 nafar bola tan jarohati oldi. Afsuski, tinch aholidan bir kishi halok bo‘ldi. Yaqinlariga hamdardlik bildiraman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Bundan tashqari, hujum oqibatida Odessadagi Spaso-Preobrajenskiy katta cherkovi jiddiy ziyon ko‘rgani va Odessa meri Gennadiy Truxanov voqea joyiga yetib kelgani aytildi.


Tanlangan kalimalar: #Odessa , #Oleg Kiper , #terror hujumi , #Rossiya

Aloqador xabarlar