Rossiya Ukrainaning Odessa viloyatiga hujum qildi

Rossiya armiyasining raketa hujumi natijasida 2 kishi tan jarohati oldi, 100 tonna no‘xat va 20 tonna arpa yong‘inda vayron bo‘ldi.

2014481
Rossiya Ukrainaning Odessa viloyatiga hujum qildi

 

Ukrainaning Odessa viloyatida Rossiya armiyasining raketa hujumi natijasida 2 kishi tan jarohati oldi, 100 tonna no‘xat va 20 tonna arpa yong‘inda vayron bo‘ldi.

Odessa viloyati davlat maʼmuriyati rahbari Oleg Kiper ijtimoiy tarmoqdagi postida Rossiya ertalab Odessa viloyatiga raketa hujumi uyushtirganini maʼlum qildi.

Rossiya harbiy kemalaridan uchirilgan ikkita raketaning mintaqadagi don angariga tushganini qayd etgan Kiper, "Afsuski, Odessa viloyatidagi qishloq xoʻjaligi korxonalaridan birining gʻalla omborlariga tegdi. Dushman 100 tonna noʻxat va 20 tonna arpani yoʻq qildi. Portlash natijasida 2 kishi jarohat oldi",-dedi.

Rossiyaning hozirda Odessa viloyatidagi portlardan keyin qishloq xo'jalik maydonlarini nishonga ola boshlaganini ifoda etgan Kiper, hujumda 200 kvadrat metrdan katta maydonda yong'in chiqqanini ma'lum qildi.


Tanlangan kalimalar: #Odessa , #Rossiya

Aloqador xabarlar