Zelenskiy: Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari G-7 davlatlari tomonidan tasdiqlanishi mumkin

Zelenskiy, NATO sammiti doirasida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashganidan keyin uyushtirilgan qo‘shma matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

2010498
Zelenskiy: Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari G-7 davlatlari tomonidan tasdiqlanishi mumkin

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy NATO sammitida Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari G-7 davlatlari tomonidan tasdiqlanishi mumkinligini qayd etdi.

Zelenskiy, Litva poytaxti Vilnyusda bo‘lib o‘tayotgan NATO sammiti doirasida NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan uchrashganidan keyin uyushtirilgan qo‘shma matbuot anjumanida nutq so‘zladi.

Unda, Ukrainaning aʼzolik boʻyicha harakat rejasi bosqichining NATO tomonidan bekor qilinishi qarorini baholagan Zelenskiy:

“Muhim natija. Bu degani Ukrainaning a’zoligi yo‘lida harakat rejasiga ehtiyoj yo‘qligini tan olishdir”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Zelenskiy, sammitning oʻz yurti va xalqi uchun muvaffaqiyatli boʻlishini tilab:

“Ayniqsa, insonlar uchun xavfsizlik kafolatlari juda muhimdir. Bugun bu xavfsizlik kafolatlari G-7 mamlakatlari tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Agar bu amalga oshgudek bo‘lsa unda buning ustida ishlaymiz. Bu biz uchun haqiqatdan ham muhim va aniq yutuq bo‘ladi”.-deya gapirdi.

Zelenskiy Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) tomonidan Ukrainaga beriluvchi kassetali bombalar haqidagi savolga, Rossiya tomonidan Ukraina hududida to‘xtamay kassetali bombadan foydalanilganiga e’tibor qaratib o‘z so‘zini quyidagicha davom ettirdi:

“(Rossiya) bizning tuprog‘imizda jang qilmoqda. Xalqimizni o‘ldirmoqda. Necha yillardan beri kassetali bombadan foydalanmoqda. Shunday ekan kassetali bomba borasida AQShdan beriluvchi yordam, mutlaqo harbiy maqsadlarda va vaqtincha bosib olingan hududlarda foydalanish uchundir”.

Zelenskiy, kassetali bpmbarlardan foydalanishni to‘liq boshqarish mumkin ekani va boshqa hech qaysi joyda ishlatilmasligini ta’kidladi.

 



Aloqador xabarlar