Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdor ekanligini bildirdi.

2008641
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaga minnatdorchilik bildirdi

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Turkiyaning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdor ekanligini bildirdi.

Prezident Erdog’anning taklifi bilan kecha Istanbulga kelgan Zelenskiy, o’zaro uchrashuvdan keyin o’tkazilgan mushtarak matbuot anjumanida so’zladi.

Zelenskiy prezident Erdo‘g‘anni may oyida qayta saylangani bilan tabrikladi va “Yurtimiz va xalqlarimiz uchun tinchlik bo‘lishini istagan barchaga rahmat aytish uchun shu yerdaman” dedi u.

Qora dengiz urush, inqiroz yoki muzlatilgan inqiroz hududi emas, balki xavfsizlik va hamkorlik hududi boʻlishi kerakligini taʼkidlagan Zelenskiy:

Turkiyaning Ukrainaning hududiy yaxlitligi va suverenitetini sobit qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorman”, deya qayd etdi.

Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimdagi vaziyatni ham muhokama qilganliklarini bildirgan Zelenskiy, “Qora dengiz gʻalla tashabbusini va Ukrainadan gʻalla tashabbusini qoʻllab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman”.  Deb o‘z bahosini berdi.

Turkiyaning Ukrainaning tinchlik rejasini qoʻllab-quvvatlagani uchun minnatdor ekanliklarini va bu tinchlik rejasini amalga oshirish uchun harakat qilayotganliklarini qayd etgan Zelenskiy,

  Turkiya bu tinchlik rejasi doirasida yetakchilik o’rnini egallashga tayyor” dedi.

Zelenskiy, prezident Erdo‘g‘anga ukrainalik mahbuslarni ozod qilishda yordam bergani uchun minnatdor ekanligini ta’kidladi.

– Ishonchim komilki, xalqlarimiz ko‘proq ishlarni amalga oshirib, insonlar hayotini saqlab qolishga qodir. Dedi u.

Litvaning poytaxti Vilnyusda bo'lib o'tadigan NATO sammitini ham muhokama qilganliklarini ma'lum qilgan Zelenskiy, Erdo'g'anning Ukrainaning NATO a'zoligiga loyiq ekanini aytganidan mamnun ekanini aytdi.

 



Aloqador xabarlar