Putin "Vagner" jangchilariga o‘z oilasiga qaytishni yoki Belarusga ketishni taklif qildi

Kecha, 26 iyun kuni kechqurun Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaat qilib, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan qurolli isyonga izoh berdi.

2004527
Putin "Vagner" jangchilariga o‘z oilasiga qaytishni yoki Belarusga ketishni taklif qildi

 

Kecha, 26 iyun kuni kechqurun Rossiya prezidenti Vladimir Putin xalqqa murojaat qilib, "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin tomonidan uyushtirilgan qurolli isyonga izoh berdi.

Murojaat chog‘ida Putin "Vagner" jangchilaridan qora niyatda foydalanishga harakat qilganliklarini aytdi. Rossiya prezidenti "vagnerchilar"ga Mudofaa vazirligi yoki boshqa huquqni muhofaza qilish idoralari bilan shartnoma imzolashni, o‘z oilalariga qaytishni yoki Belarusga ketishni taklif qildi.

"Kim xohlasa, Belarusga ketishi mumkin. Men bergan va’da amalga oshadi. Takror aytaman, tanlov sizniki, ammo bu o‘z fojiali xatosini tushungan rossiyalik askarlarning tanlovi bo‘lishiga ishonaman", dedi Putin.

Murojaat chog‘ida Rossiya prezidenti isyon tashkilotchilari o‘z vataniga, xalqiga va "jinoyatga jalb qilinganlar"ga xiyonat etganini ta’kidladi. "Qurolli isyon har qanday holatda ham bostirilgan bo‘lardi. Qo‘zg‘olon tashkilotchilari, adekvatligini yo‘qotgan bo‘lsalar ham, buni tushunmay qolishdi", dedi Putin.

Shuningdek, u murojaat chog‘ida "Vagner" asoschisi Yevgeniy Prigojin nomini tilga olmadi.

Prezident nutqi davomida Rossiya harbiylari, huquq-tartibot va maxsus xizmat xodimlariga minnatdorlik bildirdi.

"Halok bo‘lgan qahramon uchuvchilarning jasorati va fidoyiligi Rossiyani fojiali halokatli oqibatlardan qutqardi", deb qo‘shimcha qildi Putin.

Rossiya prezidenti murojaati besh daqiqadan sal ko‘proq davom etdi.

Avvalroq, prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ushbu nutqni e’lon qilar ekan, "bu bayonotlar, shubhasiz, Rossiya taqdirini belgilab beradi", degan edi.


Tanlangan kalimalar: #Vagner , #Rossiya , #Putin

Aloqador xabarlar