Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya TIV rahbarlari Bryusselda uchrashadi

Bu haqda kecha, 26 iyun kuni alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vilnyusdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

2004578
Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya TIV rahbarlari Bryusselda uchrashadi

 

Turkiya, Shvetsiya va Finlyandiya Tashqi ishlar vazirlari, razvedka idoralari rahbarlari va milliy xavfsizlik maslahatchilari joriy yilning 11-12 iyul kunlari NATO sammiti oldidan Bryusselda uchrashadi.

Bu haqda kecha, 26 iyun kuni alyans Bosh kotibi Yens Stoltenberg Vilnyusdagi matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Bosh kotibning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiyaning a’zo bo‘lishi bilan NATOning Boltiqbo‘yi mamlakatlarida xavfsizligi mustahkamlanadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Shvetsiyani alyansga qo‘shilish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

“Kecha men Turkiya Prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an bilan gaplashdim. Men Finlyandiya va Shvetsiya hukumatlari bilan ham yaqin aloqadaman. Sammit oldidan Bryusselda oliy darajadagi uchrashuv o‘tkazishga kelishib oldik. Uchrashuvda Tashqi ishlar vazirlari, razvedka boshliqlari va milliy xavfsizlik maslahatchilari ishtirok etadi. Maqsad Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishini yakunlash yo‘lida olg‘a siljish”, degan Stoltenberg.

Biroq, NATO Bosh kotibi uchrashuvlar sanasini e’lon qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14 iyun kuni Anqarada Turkiya, Finlyandiya, Shvetsiya va NATO delegatsiyalari ishtirokida uch tomonlama kelishuvga muvofiq tashkil etilgan Doimiy qo‘shma mexanizmning to‘rtinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.

 


Tanlangan kalimalar: #NATO , #Turkiya

Aloqador xabarlar