Putin hamkasblariga Rossiyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi

Vladimir Putin Turkiya, Qozogʻiston va Oʻzbekiston Prezidentlari bilan telefon orqali alohida-alohida muloqot qildi.

2004018
Putin hamkasblariga Rossiyadagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot berdi

Prezident Rejep Tayyip Erdoʻgʻan Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinni qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.

Kreml tomonidan berilgan bayonotda, Erdoʻgʻanning Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani qayd etildi.

Unda Putin, “Vagner” guruhining Rossiya boshqaruviga qarshi qurolli isyon koʻtarish tashabbusi bilan bogʻliq yurtidagi vaziyat haqida Prezident Erdoʻgʻanga maʼlumot berdi.

Erdo‘g‘an esa Putinni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ifoda etdi.

Vladimir Putin Prezident Erdoʻgʻandan tashqari Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan ham alohida-alohida telefon orqali gaplashib, yurtidagi oxirgi vaziyat haqida ma’lumot boʻlishdi.

 “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojin, lagerlariga qarshi rus armiyasini hujum uyushtirganlikda ayblab, unga javob berish uchun chora ko‘rganini bildirdi.

Ushbu holat ustidan Federal Xavfsizlik xizmati, “qurolli isyon” aybi bilan jinoiy ishi qoʻzgʻatdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi esa “Vagner” lagerlariga qarshi hujum uyushtirishlik haqidagi ayblovlarni rad etdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Vagner , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar