AQSh razvedkasi "Vagner" isyonidan xabardor ekanliklarini iddio etdi

AQSh razvedka tashkiloti xodimi “The Washington Post” gazetasiga "Vagner"ning oxirgi harakati haqida gapirdi.

2004124
AQSh razvedkasi "Vagner" isyonidan xabardor ekanliklarini iddio etdi

Amerikaning razvedka tashkiloti rasmiylarining ta’kidlashicha, ular Vagner asoschisi Yevgeniy Prigojinning qurolli hujum boshlatishini iyun oyining o‘rtalarida bilishgan.

“The Washington Post” gazetasi xabariga ko‘ra, kim ekanini yashirin tutgan amerikalik razvedka tashkiloti vakili iyun oyining o‘rtalarida Prigojinning Rossiya Mudofaa vazirligiga qarshi qurolli hujum uyushtirish ustidan reja tuzayotgani haqida ma’lumot olganliklari va bu borada Oq uy va tegishli tashkilotlar bilan “shoshilinch” kodi orqali ma’lumot bo‘lishganliklarini iddio etdi.

Prigojinning qayd etilgan isyonni to‘satdan boshlatmaganini ifoda etgan holda razvedka xodimi:

“Qo‘shma Shtatlari yetakchiligiga nimalardir rejalashtirilayotgani haqida aytishga arzigulik yetarli ishorat bor edi. Shuning uchun Oq uy bunga tayyor edi degan fikrdaman”.-degan ifodalarga o‘rin berdi.

Mazkur xodim, Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinning hokimiyatda qolib – qolmasligi va har qanday beqarorlik, mamlakatning yadroviy arsenalini nazorat qilishda muammo tugʻdirishi mumkinligini qayd etib, uning ustidan “katta xavotir olinayotganini” oʻz soʻziga ilova etdi. Shuningdek, mazkur mavzu haqida koʻplab savollar borligiga ham e’tibor qaratdi.

Rossiyada ichki urush chiqqudek boʻlsa uning asosida paydo boʻluvchi beqarorlikdan qorqilganiga ham e’tibor qaratgan rasmiylar Oq uydan tashqari Pentagon, Davlat kotibligi va Kongressdagi yuqori martabali amaldorlarga oxirgi ikki haftada razvedka ma’lumotlari yetkazilganini bildirdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putinga “Prigojin nimadir rejalashtirayotgani” haqida ma’lumot berilganiga ishonchi komil ekanliklarini qayd etgan amerikalik razvedka xodimlari, “Qachon ekani aniq boʻlmasa ham mutlaqo 24 soatdan oldin edi”.- dedi.

Prigojinning harbiy qoʻmondonlikni oʻz qoʻliga olishi uchun poytaxt Moskvaga boʻlgan yurishini oldini olish maqsadida, Putinning nima uchun chora koʻrmagani haqida esa haligacha bir fikri yoʻqligiga ishora qilgan rasmiylar ushbu vaziyatni:

“Rossiya hukumatidagi yuqori darajadagi muvofiqlashtirish kamchiligi va ichki raqobatning aks etishi boʻlishi mumkin”,- deb baholadi.

Eslatib oʻtamiz:

“Vagner” xususiy xavfsizlik kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin, Rossiya armiyasini Vagnerga hujum uyushtirganlikda ayblab, javob qaytarish bilan tahdid qildi. “Vagner” jangchilari Ukrainani tark etib, chegaradosh Rostov viloyatiga kirdi.

Ushbu holat yuzasidan Federal xavfsizlik xizmati (FSB) “qurolli isyon” aybi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin “Vagner” isyonini “vatanga xiyonat” deb baholadi.

Prigojin Moskvaga borishlarini ma’lum qilib, Kreml yetakchiligi esa mamlakatning koʻp joylarida xavfsizlik choralarini kuchaytirdi.

Xabar qilinishicha, Prigojin Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Rossiyadagi keskinlikni yumshatish taklifini qabul qilgan.

Prigojin, tomonlardan birida rus qoni toʻkilishi masʼuliyatini tushunib, konvoylarini orqaga burib, rejalariga muvofiq lagerlariga qaytishlarini ifoda etar ekan Kreml matbuot xizmati kotibi Dmitriy Peskov: “Prigojinga qarshi jinoiy ish yopiladi. Prigojin Belarusga ketadi.-degandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #AQSh , #Vagner

Aloqador xabarlar