Yevgeniy Prigojin Vagner rus vatanparvarlaridir deya bildirdi

Rossiya ma'muriyatiga qarshi isyon boshlagan "Vagner" xavfsizlik kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin prezident Vladimir Putinni "xiyonat"da ayblashiga "Biz vatanparvarmiz. Biz kurashdik va kurashyapmiz". deya  javob berdi.

2003977
Yevgeniy Prigojin  Vagner  rus vatanparvarlaridir deya bildirdi

 

 

Rossiya ma'muriyatiga qarshi isyon boshlagan "Vagner" xavfsizlik kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin prezident Vladimir Putinni "xiyonat"da ayblashiga

"Biz vatanparvarmiz. Biz kurashdik va kurashyapmiz". deya  javob berdi.

Prigojin o‘zining Telegram-kanalidagi bayonotida Putin “xiyonat” bayonotini  mutlaqo noto‘g‘ri ekanligini aytdi.

Prigojinning ta'kidlashicha, Vagner a'zolari "vatanparvar va har doim vatan uchun kurashgan".

“Hech bir “Vagner” jangchisi prezident yoki FSB (Federal xavfsizlik xizmati) iltimosiga ko‘ra o‘zini aybdor deb topib, taslim bo‘lish niyatida emas, chunki biz Rossiyaning korrupsiya, yolg‘on va byurokratiyaga aralashishini istamaymiz”, — dedi u.

Vagner asoschisi Yevgeniy Prigojin rus armiyasini ularning lageriga hujum qilganlikda ayblab, javob choralarini ko‘rganini aytgan.

Shundan so'ng, FSB "qurolli tartibsizlik" moddasi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner ularning lageriga hujum qilgani haqidagi ayblovlarni rad etdi.

Vladimir Putin xalqqa murojaatida Vagnerning isyonini “xiyonat” deb atadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Vatanparvar , #Vagner , #Yevgeniy Prigojin

Aloqador xabarlar