Vagner inqirozi tufayli Moskva va ikki viloyatda “antiterror operatsiyasi” rejimi e’lon qilindi

Vagner inqirozi tufayli Rossiya poytaxti Moskva va ikki viloyatda “antiterror operatsiyasi” rejimi e’lon qilindi.

2003936
Vagner inqirozi tufayli Moskva va ikki viloyatda “antiterror operatsiyasi” rejimi e’lon qilindi

 

Vagner inqirozi tufayli Rossiya poytaxti Moskva va ikki viloyatda “antiterror operatsiyasi” rejimi e’lon qilindi.

Rossiya Milliy aksilterror qo‘mitasining Axborot markazi tomonidan berilgan bayonotda terrorizmga qarshi kurash choralari ko‘rilgani ma’lum qilingan.

“Bo‘lishi mumkin bo‘lgan teraktlarning oldini olish maqsadida Moskva shahri, Moskva va Voronej viloyatlarida aksilterror operatsiyasi rejimi e’lon qilindi”, — deyiladi xabarda.

Rostov viloyatidan keyin Voronej viloyatida ommaviy tadbirlar to'xtatildi.

Voronej viloyati gubernatori Aleksandr Gusev o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan postida mintaqada vaziyat barqaror ekanini ta’kidlab, xalqni osoyishta va xotirjam bo‘lishga chaqirdi.

Rossiyaning “Vagner” xavfsizlik kompaniyasi asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya armiyasini ularning lageriga hujum qilganlikda ayblab, javob choralarini ko‘rganini aytdi.

Shundan so‘ng Federal xavfsizlik xizmati (FSB) “qurolli tartibsizlik” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Vagner ularning lageriga hujum qilgani haqidagi ayblovlarni rad etgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar