Ochiq dengizda yonib ketgan paromdagi hamma qutqarildi

Kecha Filippindagi ochiq dengizda yonib ketgan paromdagi hamma qutqarildi.

2001470
Ochiq dengizda yonib ketgan paromdagi hamma qutqarildi

Filippinda sayohat vaqtida yonib ketgan paromdagi 120 kishi qutqarib olindi.

Filippin Sohil xavfsizlik xizmati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, “M/V Esperanza Star” deb nomlangan parom, Siquijor provinsiyasidan Boholga ketayotib, ochiq dengizda yonib ketgan.

Yong‘inni o‘chirish uchun ikkita kema yuborilgan amaliyot, 5 soatdan ortiq davom etdi va 65 nafar yo‘lovchi bilan 55 nafar ekipaj a’zosi qutqarildi.

Sohil Xavfsizlik xizmati matbuot kotibi Joy Gumatay: “Paromdagi hamma xavfsizlik ostida”,-deb, voqea ustidan tergov ishlari boshlatilganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar