Kongo Demokratik Respublikasidagi to'qnashuvda 530 kishi halok bo'ldi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqarorlashtirish missiyasining (MONUSCO) mamlakatdagi filiali rahbari Mark Karna sharqiy Ituri provinsiyasidagi isyonchi guruhlar so'nggi paytlarda hujumlarini kuchaytirganini aytdi.

1988093
Kongo Demokratik Respublikasidagi to'qnashuvda 530 kishi halok bo'ldi

 

Kongo Demokratik Respublikasining sharqida xavfsizlik kuchlari bilan isyonchi guruhlar o'rtasida davom etgan to'qnashuvda so'nggi 2 oyda 530 tinch fuqaro hayotdan ko'z yumdi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqarorlashtirish missiyasining (MONUSCO) mamlakatdagi filiali rahbari Mark Karna sharqiy Ituri provinsiyasidagi isyonchi guruhlar so'nggi paytlarda hujumlarini kuchaytirganini aytdi.

Karna, so'nggi ikki oyda Iturida uyushtirilgan hujumlarda 530 nafar tinch aholining halok bo'lganini va kamida 1 million kishining uyini tark etganini bildirdi.

Taxminlarga ko‘ra, 2014-yildan beri mamlakat sharqida faoliyat yuritayotgan isyonchi guruhlar hujumlarida minglab tinch aholi halok bo‘lgan.

Ruanda, Uganda va Burundi bilan chegaradosh bo'lgan Kongo Demokratik Respublikasi sharqida 20 yildan ortiq vaqt davomida oltin va kobalt kabi konlarni nazorat qilishga uringan qurolli guruhlar tomonidan hujumlar va toʻqnashuvlar sodir boʻlib turadi.


Tanlangan kalimalar: #Kongo Demokratik Respublikasi

Aloqador xabarlar