Isroil tanklari Rafah shahri markaziga ilk bor kirganini e'lon qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tasvirlarda Rafah shahar markazidagi masjiddan tutun ko'tarilayotgani, fonda esa uchuvchisiz havo vositalarining ovozlari eshitilgan.

2145489
Isroil tanklari Rafah shahri markaziga ilk bor kirganini e'lon qildi

 

Isroil ommaviy axborot vositalari Isroil tanklari G'azo sektori janubidagi Rafah shahri markaziga ilk bor kirganini e'lon qildi.

Isroilda joylashgan "Ynet" xabar sayti guvohlarga asoslangan xabariga ko'ra, tanklar El-Avde masjidi yaqinida turgan vaqtda bir masjidni ham nishonga olgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan tasvirlarda Rafah shahar markazidagi masjiddan tutun ko'tarilayotgani, fonda esa uchuvchisiz havo vositalarining ovozlari eshitilgan.

Rasmlarni olgan shaxs, hujumda masjidning ham nishonga olinganini aytdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bostirib kirdi , #Markaz , #Shahar , #Rafah , #Tank , #Isroil

Aloqador xabarlar