Zelenskiy:"Rossiyaga qarshi hujumga tayyorgarlik ketmoqda"

Italiyada muzokaralar olib borgan Zelenskiy Italiya davlat televideniyesida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

1986109
Zelenskiy:"Rossiyaga qarshi hujumga tayyorgarlik ketmoqda"
zelenskiy-meloni.jpg
zelenskiy-papa.jpg

 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga hujum qilishga tayyorlanayotganligini aytdi.

Ma'lumki, Zelenskiy Italiyaga tashrif buyurdi. Italiyada muzokaralar olib borgan Zelenskiy Italiya davlat televideniyesida jurnalistlarning savollariga javob berdi.

Zelenskiy urushda Rossiyaga qarshi hujumga katta qat'iyat bilan tayyorgarlik ko'rganliklarini, qisqa vaqt ichida muhim qadamlar tashlashlarini va bunga motivatsiya bo'lganligini bildirdi.

Ukraina prezidenti shuningdek, agar Ukraina armiyasi Qrim chegarasiga yetib borsa, Rossiyada prezident Vladimir Putinni qo‘llab-quvvatlash kamayishini aytdi.

Zelenskiy Xitoy rahbari Si Tszinpin bilan bo‘lgan telefon suhbatiga ishora qilib, Si unga Rossiyaga qurol yetkazib bermasliklarini va Rossiyani qo‘llab-quvvatlamasligini aytganini ta’kidladi.

Zelenskiy Italiya bilan muloqoti doirasida prezident Serjio Mattarella, bosh vazir Giorgia Meloni va Rim papasi Fransisk bilan uchrashdi. Ukraina rahbari, keyin Germaniyaga jo'nab ketdi.

Germaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga 3 milliard dollarlik harbiy texnika yuborilishini ma’lum qildi.

Dalada shiddatli to'qnashuvlar davom etmoqda.

Rossiyaning Bryansk shahrida harbiy samolyot va vertolyot urib tushirildi.

Ukraina Mudofaa vazirligi Bahmutda ikki yo'nalishda oldinga siljish bo'lganini ma'lum qildi. Bayonotda shahar markazidagi vaziyat ancha murakkab ekanligi taʼkidlangan.


Tanlangan kalimalar: #Vladimir Zelenskiy

Aloqador xabarlar