Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon hibsga olindi

Ma'lumotga ko‘ra, Xon Islomobod Oliy sudi majmuasiga korrupsiya ayblovlari bo‘yicha majlislarda qatnashish uchun kelganida hibsga olingan.

1984529
Pokistonning sobiq bosh vaziri Imron Xon hibsga olindi

 

Pokistonning sobiq bosh vaziri, hozirda muxolifat yetakchisi, "Tahriq-i-Insaf" partiyasi rahbari bo‘lgan Imron Xon Islomobodda qurollangan shaxslar tomonidan qo‘lga olingan.

Ma'lumotga ko‘ra, Xon Islomobod Oliy sudi majmuasiga korrupsiya ayblovlari bo‘yicha majlislarda qatnashish uchun kelganida hibsga olingan.

Xabarlarga ko‘ra, Xon sud binosiga kirganidan so‘ng zirhli transportyorlarda yetib kelgan harbiy xizmatchilar tomonidan qo‘lga olingan.

Hukumat uning hibsga olinishi sababi bo‘yicha hech qanday izoh bermagan.

"Tahriq-i-Insof" partiyasi tvitterida Xonning tarafdorlarini ko‘chalarga chiqishga chaqiriqlar paydo bo‘ldi. Pokiston xalqi, mamlakatingizni qutqarish vaqti keldi. Sizda boshqa imkoniyat bo‘lmaydi", — deyilgan xabarlardan birida.

Xon bir necha ish bo‘yicha sudga tortilgan. Dushanba kuni harbiylar Xonni "asoslanmagan ayblovlar" oqibatlaridan ogohlantirishgandi - bunga u avvalroq yuqori martabali zobitlardan birini o‘zini o‘ldirish maqsadida til biriktirishda ayblagani sabab bo‘lgandi.

Mart oyida Pokiston sudi mamlakatdagi keskinlikni yumshatish maqsadida ushbu taniqli siyosatchini hibsga olishga urinishlarni to‘xtatish bo‘yicha hukm chiqargandi.

Ikki kun muqaddam Xonning yuzlab tarafdorlari hokimiyat vakillariga uni qo‘lga olishga to‘sqinlik qilgan va politsiyachilar bilan to‘qnashuvga kirishgandi, huquq-tartibot organlari esa ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suv purkagichlarni qo‘llagandi.

Xonni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot Islomoboddagi sud uni hibsga olishga order berganidan keyin boshlandi, bunga sobiq bosh vazir o‘ziga berilgan sovg‘a-salomlarni sotib yuborgani bo‘yicha ishda guvohlik berishga kelmagandi. Bu sovg‘alar unga 2018-2022 yillarda bosh vazir lavozimini egallab turganida xorijiy davlatlarning yuqori martabali vakillari tomonidan topshirilgandi.

Bu sovg‘alar ro‘yxati o‘tgan yildayoq e’lon qilingandi, ro‘yxatda yettita soat, jumladan 300 ming dollarlik soat, shuningdek, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, brilliant taqinchoqlar va qimmatbaho oshxona servizlari bo‘lgan.

2022 yil aprelida lavozimini yo‘qotgan Imron Xon o‘zi tomonidan qandaydir noqonuniy harakatlar bo‘lganini rad etadi va unga qarshi qo‘zg‘atilgan jinoiy ish siyosiy motivlarga asoslanganini aytadi.


Tanlangan kalimalar: #Imron Xon , #Pokiston

Aloqador xabarlar