Shahzoda Garri Britaniya qiroli Charlz IIIning toj kiyish marosimida ishtirok etadi

Bukingem saroyi tomonidan berilgan bayonotda, Britaniya qirollik oilasini tark etib, AQShda qo‘nim topgan Sasseks gertsogi shahzoda Garrining otasi qirol Charlzning toj kiyish marosimida ishtirok etishi tasdiqlandi.

1974212
Shahzoda Garri Britaniya qiroli Charlz IIIning toj kiyish marosimida ishtirok etadi

 

Shahzoda Garri 6 may kuni Angliya qiroli Charlz IIIning toj kiyish marosimida ishtirok etadi.

Bukingem saroyi tomonidan berilgan bayonotda, Britaniya qirollik oilasini tark etib, AQShda qo‘nim topgan Sasseks gertsogi shahzoda Garrining otasi qirol Charlzning toj kiyish marosimida ishtirok etishi tasdiqlandi.

Bayonotda, Sasseks gersoginyasi Markl shahzoda Archi va malika Lilibet bilan Kaliforniyada qolishi aytilgan.

Bu bayonot er-xotinning toj kiyish marosimida ishtirok etishi haqidagi so'nggi taxminlardan so'ng paydo bo'ldi.

Sasseks gertsogi Garri va uning rafiqasi Meghan Markl 2020-yil yanvar oyida qirollik vazifalaridan voz kechib, mustaqil hayot kechirish va Britaniya ommaviy axborot vositalaridan uzoqlashish uchun AQShga joylashdilar.



Aloqador xabarlar