Bayden Kovid-19 epidemiyasi va favqulodda holatni tugatish to'g'risidagi qonun loyihasini imzoladi

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Kovid-19 epidemiyasi bilan bog'liq milliy favqulodda holatni tugatish to'g'risidagi qonun loyihasini imzoladi.

1972947
Bayden Kovid-19 epidemiyasi va favqulodda holatni tugatish to'g'risidagi qonun loyihasini imzoladi

 

Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh) prezidenti Jo Bayden Kovid-19 epidemiyasi bilan bog'liq milliy favqulodda holatni tugatish to'g'risidagi qonun loyihasini imzoladi.

Bayden 2020 yilda e'lon qilingan va so'nggi oylarda Kongressning ikkala palatasi tomonidan qabul qilingan Kovid-19 epidemiyasi tufayli milliy favqulodda holatni tugatish uchun respublikachi qonunchilar tomonidan taklif qilingan qonun loyihasini ma'qulladi.

Bu Medicare va Medicaid federal sog'liqni saqlash dasturlari doirasida epidemiya bilan bog'liq bir qator istisnolarni tugatadi.

Uzoq vaqt davomida mamlakatda Kovid-19 sabab bo'lgan chora-tadbirlar ancha yumshatilgan edi.

Epidemiya bilan birga keladigan emlash va niqob talabi kabi jamoat salomatligiga oid bir qator qoidalarga qarshi chiqqan respublikachilar, Baydenning o'tgan yili "Kovid-19 epidemiyasi tugadi". Bayonotga ishora qilib, muhokama qilingan qonun loyihasini kun tartibiga olib chiqqan edi.

Qonun loyihasi Vakillar palatasida 220 “ha” ovoziga qarshi 210 “yo‘q” ovozi bilan qabul qilingan edi. Senatda esa 68 “ha” va 23 “yo‘q” ovozi bilan qabul qilingan edi.

Oq uy ma'muriyati va byudjet idorasi "sog'liqni saqlash tizimlarida chalkashlik va noaniqliklarni oldini olish uchun" 11 may kuni Kovid-19 tufayli "milliy favqulodda vaziyatlar" va "jamoat sog'liqni saqlash favqulodda vaziyatlari" bekor qilinishini e'lon qilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar