Tel-Avivda uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 1 kishi halok bo'ldi, 7 kishi tan jarohati oldi

Isroilning poytaxti Tel-Avivda uyushtirilgan qurolli hujum va avtomobilning urilishi oqibatida 1 kishi halok bo'ldi, 7 kishi tan jarohati oldi.

1971715
Tel-Avivda uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 1 kishi halok bo'ldi, 7 kishi tan jarohati oldi

 

Isroilning poytaxti Tel-Avivda uyushtirilgan qurolli hujum va avtomobilning urilishi oqibatida 1 kishi halok bo'ldi, 7 kishi tan jarohati oldi.

Isroil matbuotidagi xabarlarga ko'ra, hujumchi Tel-Aviv markazidagi qirg'oq yo'lida harakatlanayotganda o'q uzib, bir kishini o'ldirgan.  Hayotini yo‘qotgan shaxs italiyalik sayyoh ekanligi ma’lum qilingan.

Isroil politsiyasi tomonidan berilgan yozma bayonotga ko'ra, Tel-Avivda yo'lakda bir avtomobil piyodalarni urib yuborgan. Yaqin atrofdagi politsiya xodimlari ovozni eshitib, ag‘darilib ketgan mashina tomon yugurib borgan va hujumchining qurolga qo‘l cho‘zganini ko‘rib, o‘q uzib hujum qilgan shaxs o‘ldirilgani bildirildi.

Qurolli hujum va avtomobil bilan ezilishi oqibatida bir turist halok bo'lgan, 7 kishi jarohatlangani ma'lum qilindi.

Bosh vazir Benyamin Netanyaxu politsiya va harbiylarga xavfsizlik choralarini kuchaytirish haqida ko‘rsatma berdi.

Falastin qarshilik guruhlari Tel-Avivdagi qoʻsh hujum Isroilning Al-Aqsa masjidi va musulmonlarga qarshi “jinoyat”lariga  qarshi tabiiy javob boʻlganini bildirdi.

Ikki kecha ketma-ket Isroil politsiyasi Al-Aqsa masjidida ovozli bombalar, rezina qoplangan o'qlar va tayoqlar bilan nomutanosib kuch ishlatib, musulmonlarga qarshi aralashdi. Bu ishg'ol qilingan Sharqiy Quddusda keskinlikni oshirib, voqealarga olib kelgan edi.

Isroil armiyasi Livandan mamlakatning shimoliy hududlariga ketma-ket raketa va 3 ta minomyot otilganini, ogohlantirish sirenalari ishga tushirilganini ma’lum qildi.

  Isroil raketa hujumlarini Livanda joylashgan XAMAS elementlari amalga oshirganini e'lon qildi va aybni Xamasga yukladi.

Isroil G'azoga hujum boshlaganini e'lon qildi, biroq G'azodan Isroil tomon raketalar otildi.

 


Tanlangan kalimalar: #Qurbonlar , #Hujum , #Tel-Aviv , #Isroil

Aloqador xabarlar