Iroqdagi qum bo‘roni tufayli 500 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi

Iroqdagi qum bo‘roni tufayli insonlar, bo‘g‘ilish xavfiga duchor bo‘lmoqda.

1968627
Iroqdagi qum bo‘roni tufayli 500 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi

Iroqda tunov kunidan beri davom etayotgan qum bo‘roni tufayli 500 dan ortiq kishi kasalxonaga yotqizildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati kotibi Sayf al-Badir tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, mamlakat bo‘ylab, ayniqsa poytaxt Bog‘dodda jami 515 kishi nafas olishda qiynalib, bo‘g‘ilish xavfi bilan shifoxonalarga murojaat qilgani ta’kidlandi.

Kasalxonaga yotqizilganlarga kerakli muolaja qilinganini qayd etgan al-Badir, yuzaga kelish extimoli bo‘lgan yangi holatlarga qarshi olingan chora-tadbirlar doirasida tez yordam va tibbiy guruhlar safarbar qilinganini bildirdi.

Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati kotibi shifoxonalarga murojaat qilganlarning ko‘pchiligi uyiga chiqarilgani va o‘lim holatlari qayd etilmaganini o‘z so‘ziha ilova etdi.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #bo‘g‘ilish xavfi , #qum bo‘roni

Aloqador xabarlar