AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga tashrif buyurdi

“Ukrainaning erkinligini Rossiya tajovuzidan himoya qilayotganini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashimizni ko‘rsatish uchun bugun Kiyevga keldim”,-deydi ijtimoiy tarmoqdagi postida.

2139563
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga tashrif buyurdi

 

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ukrainaga tashrif buyurdi.

Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller xabar berdi.

Entoni Blinken ijtimoiy tarmoqdagi postida Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidladi

“Ukrainaning erkinligini Rossiya tajovuzidan himoya qilayotganini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashimizni ko‘rsatish uchun bugun Kiyevga keldim”,-deydi u.

AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Miller ushbu postdan iqtibos keltirib, Blinken Kiyevda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va boshqa yuqori martabali rahbarlar bilan uchrashishini aytdi.

Millerning taʼkidlashicha, Blinken yetakchilar bilan AQShning yangi xavfsizlik va iqtisodiy yordami taʼsiri hamda Ukrainaning iqtisodiy tiklanishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan saʼy-harakatlarini muhokama qiladi.

So'nggi kunlarda Rossiya Ukrainaning shimoliy chegarasi Xarkovga hujumlarini kuchaytirdi va bu mintaqani yana qaynoq front chizig'iga kiritdi.

Rossiya armiyasi so‘nggi bir necha kun ichida Xarkov viloyatidagi 10 dan ortiq aholi punktini o‘z nazoratiga olgan edi.

Ukraina kuchaygan Rossiya hujumlariga qarshi G'arbdan harbiy yordamni kuchaytirishni so'ramoqda.


Tanlangan kalimalar: #Entoni Blinken , #AQSh

Aloqador xabarlar