D vitamini demansning oldini olishda foydali bo'lishi mumkin

Altsgeymer va demans: diagnostika, baholash va kasallik monitoringi jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, D vitamini qo'shilishi va demans o'rtasidagi munosabatni o'rganish uchun 12 ming ishtirokchi ishtirokida tadqiqot o'tkazildi.

1954520
D vitamini demansning oldini olishda foydali bo'lishi mumkin

 

D vitamini qo'shimchasi demansning oldini olishda foydali bo'lishi mumkin.

Altsgeymer va demans: diagnostika, baholash va kasallik monitoringi jurnalida chop etilgan tadqiqotga ko'ra, D vitamini qo'shilishi va demans o'rtasidagi munosabatni o'rganish uchun 12 ming ishtirokchi ishtirokida tadqiqot o'tkazildi.

Kanada va Angliya tadqiqotchilari D vitamini qo'shimchalarini qabul qilgan 4637 ishtirokchi guruhida qo'shimchani qabul qilmagan guruhga qaraganda 40 foizga kamroq demans borligini aniqladilar.

Ishtirokchilarning 2696 nafari 10 yil ichida demansni rivojlantirgani aniqlandi, bu guruhdagi 2177 kishi demans tashxisi qoʻyilishidan oldin D vitamini qoʻshimchalarini qabul qilmagan, 679 nafari esa juda kam qoʻshimcha qabul qilgan.

Kanadadagi Kalgari universitetining Xotchkiss miya instituti va Angliyaning Ekseter universiteti tadqiqotchilari ishtirokchilarning o'rtacha yoshi 71 yoshda ekanligini va ular tadqiqotga yozilish vaqtida demans tashxisi qo'yilmaganini ta'kidladilar.

Tadqiqotchilardan biri Zahinur Ismoilning aytishicha, ular kognitiv pasayish boshlanishidan oldin D vitamini qo'shimchalarini erta qabul qilish foydali bo'lishi mumkinligini ko'rsatadigan dalillarni topdilar.

Ekseter universitetidan Bayron Kri

"Ushbu tadqiqot natijasi bizga D vitamini qo'shilishi demansning oldini olish yoki kechiktirishda foydali bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi, ammo hozir buni tasdiqlash uchun klinik sinovlar kerak." Deb  o‘z bahosini berdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #oldini olish , #demans , #D vitamin

Aloqador xabarlar