Rossiya START shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatish qarorini e’lon qildi

Davlat dumasi bugun, 22 fevral kungi yig‘ilishida Rossiyaning Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomada (START, START-III) ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni bir ovozdan qabul qildi.

1950015
Rossiya START shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatish qarorini e’lon qildi

 

Rossiya Federatsiyasi Davlat dumasi bugun, 22 fevral kungi yig‘ilishida Rossiyaning Strategik hujum qurollarini qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomada (START, START-III) ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonunni bir ovozdan qabul qildi. 

Hujjat Davlat Dumasiga Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tomonidan taqdim etilgan. Qonun loyihasiga ko‘ra, START faoliyati to‘xtatilgan va Rossiyaning shartnomadagi ishtirokini qayta tiklash to‘g‘risidagi qarorni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti qabul qiladi. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.  

Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

U Rossiyaning qit'alararo yadroviy ballistik raketa imkoniyatlarini cheklashni maqsad qilgan Amerika Qo'shma Shtatlari bilan Yangi STARTdagi ishtirokini to'xtatganini bildirdi.

Rossiya Yangi START kelishuvidan chiqmaganiga urg’u bergan Peskov, “Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Rossiyaning kelishuvdan chiqmaganiga, balki uni to’xtatganiga urg’u berdi” dedi. 

Dmitriy Peskov Rossiya boshqa davlatlarning yadroviy salohiyatini ham hisobga olishi kerakligini ta'kidlab, "Germaniya va Fransiyaning yadroviy salohiyatini ham hisobga olishimiz kerak, bu juda muhim. Prezidentimiz va mamlakatimizning asosiy maqsadi ana shu yadroviy muvozanat davom etishini ta’minlashdir”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #START

Aloqador xabarlar