Budapeshtda pichoq bilan qurollangan shaxs politsiyachini o'ldirdi

Budapesht politsiyasi bir uyga bostirib kirmoqchi bo‘lgan shaxs haqidagi xabardan so‘ng voqea joyiga yetib keldi. Hujumchi uni hibsga olishga uringan 4 nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi.

1932249
Budapeshtda pichoq bilan qurollangan shaxs politsiyachini o'ldirdi

 

Vengriya poytaxti Budapeshtda pichoq bilan qurollangan shaxs politsiyaga hujum qildi.

Hujum oqibatida 1 nafar politsiyachi halok bo‘ldi, 3 nafar politsiyachi yaralandi.

Budapesht politsiyasi bir uyga bostirib kirmoqchi bo‘lgan shaxs haqidagi xabardan so‘ng voqea joyiga yetib keldi.

Hujumchi uni hibsga olishga uringan 4 nafar politsiyachiga jarohat yetkazdi.

Voqea joyidan qochishga uringan shaxs politsiyachining o’q uzishi oqibatida oyog’idan jarohatlanib, qo’lga olindi.

Ma’lumotga ko’ra, pichoqlangan politsiyachilar shifoxonaga yetkazilgan, 1 nafar politsiyachi voqea joyida vafot etgan.


Tanlangan kalimalar: #Vengriya

Aloqador xabarlar