Putin:“Erdo‘g‘an kuchli va mustahkam yetakchi..."

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida Rossiya va Turkiya munosabatlariga baho berdi.

1898932
Putin:“Erdo‘g‘an kuchli va mustahkam yetakchi..."

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an haqida iliq so’zlarni tilga oldi.

“Erdo‘g‘an kuchli va mustahkam yetakchi, u turk xalqi, iqtisodiyoti va Turkiya manfaatlaridan kelib chiqib ish olib boradi”, — dedi Putin.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro munozara klubining yalpi majlisida Rossiya va Turkiya munosabatlariga baho berdi.

"Ikki yil oldin siz Erdo'g'an haqida ijobiy fikrlar aytgandingiz. Fikrlaringiz o'zgardimi?" degan savolga Putin shunday javob berdi.

"Prezident Erdo‘g‘an kuchli va mustahkam rahbar, u turk xalqi, iqtisodiyoti va Turkiya manfaatlaridan kelib chiqib ish olib boradi. Buni Erdo‘g‘anning energetika va Turk oqimi tabiiy gaz quvuri qurilishi borasidagi pozitsiyasi tasdiqlaydi",- dedi u.

Yevropalik iste’molchilar uchun Turkiyada gaz markazi tashkil qilishni taklif qilganiga e’tibor qaratgan Putin, “Turkiya o’z manfaatlariga mos ravishda bu taklifni qabul qildi”, dedi.

Vladimir Putin turizm, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalarida Rossiya va Turkiya manfaatlarining bir-biriga mos kelishini aytdi.

"Shu sababdan Erdo'g'an o'ziga yuk bo'lib, uchinchi davlat manfaati yo'lida harakat qilishiga yo'l qo'ymaydi. U biz bilan muloqot jarayonida o'z manfaatlarini ham himoya qiladi. Turkiya va Erdo'g'an bu ma'noda bizga shunchaki sherik emas. Aksariyat qarorlar uzoq va oddiy boʻlmagan muzokaralarda qabul qilinadi. Ikkala tomonning ham rozi boʻlish istagi bor va biz kelishuvga erishishimiz mumkin. Shu maʼnoda Erdo’gʻan izchil va ishonchli sherik. Bu uning eng muhim xususiyati”,- dedi Putin Erdo’g’an baho berar ekan.

Erdo’g’an o’z mamlakati manfaatlarini himoya qilganini va bu vaziyatda Rossiya uchun muammo tug’dirmasligini tilga olgan Putin shunday davom etdi:

"Erdo’g'an o'z hukumati tomonidan to'g'ri deb topilgan qarorlar uchun kurashmoqda. Biz ham qabul qilingan qarorlar bizga mos kelishi uchun kurashamiz. Hatto eng nozik masalalarda ham yechim topa olamiz. Jumladan, Suriya, xavfsizlik, iqtisodiyot, infratuzilma. Biz buni uddalay oldik. Agar biz buni ta'minlay olgan bo'lsak, uning amalga oshishiga ham amin bo'lishimiz mumkin. Munosabatlarimizning eng muhim xususiyati o’zaro ishonch va barqarorlikdir".


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Rossiya , #Vladimir Putin

Aloqador xabarlar