Pokistonda suv toshqinlaridan so'ng epidemiya tarqalish xavfi kuchaydi

Pokistonda iyun oyidan beri davom etayotgan sel va suv toshqinlaridan so'ng, mamlakatda 1 milliondan ortiq odam turli yuqumli kasalliklarga halindi.

1879075

Mamlakatda sel va suv toshqinlari tufayli epidemiya tarqalish xavfi kuchaydi. 1400 kishi suv toshqinlari oqibatida halok bo'ldi. 

Sind sog'liqni saqlash boshqarmasi tomonidan berilgan bayonotda, 1 million 79 ming kishining epidemiyaga chalingani bildirildi.

Shuningdek, 12 ming 819 kishida astma va turli ko'krak qafasi kasalliklari, 14 ming 339 dan ortiq kishida teri kasalliklari, 15 ming 844 kishida diareya, 2 ming 310 kishida bezgak kasalligi, 104 ta dang isitmasi, 4 kishida ilon chaqishi holati va 13 kishida quturish holati aniqlanganligi ma'lum qilindi. 

Tanlangan kalimalar: #Pokiston

Aloqador xabarlar